HUAWEI P20 lite

Для получения наилучшего пользовательского опыта, пожалуйста, загрузите последнюю версию Internet Explorer или откройте страницу в другом браузере.

Ommabop natijalar

    Tavsiya etiladigan natijalar

      введите больше параметров поиска

      HUAWEI P20 lite back and front display HUAWEI P20 lite back and front display HUAWEI P20 lite back and front display
      HUAWEI P20 lite back and front display

      YANGI USLUB TO‘PLAMI

      Endi yanada a’lo

      Yangi avloddagi HUAWEI FullView displeyida cheksizlikning jozibali kuchidan bahra oling. Faol va harakatdagi hayot uchun maxsus ishlab chiqilgan HUAWEI P20 lite uning 5.84-dyuymli Full HD ekranini deyarli butunlay o‘rab olgan ixcham hoshiyaga ega.

      *HUAWEI P20 lite modelining 5.84-dyuymli Full HD ekrani aylana burchak chetidan diagonal yo‘nalishda o‘lchangan (namoyish sohasi qisman kichikroq).

      HUAWEI P20 lite vibrant fullview display

      Tana va qalb

      HUAWEI P20 lite rang ijodiyotini yana bir pog‘ona yuqoriga ko‘tardi. Kamyob moviy rang bag‘oyatda aniq ishlangan shu’lavor yorqin soya bilan birlashib ketadi. Bundan tashqari, Full HD aniqligidagi ekranga kontrast holda qurilma tunday qora, oq oltinday oppoq va boy jiloli pushti sakura ranglarida ham taklif etiladi.

      HUAWEI P20 lite metallic thin body with fingerprint sensor

      Ko‘rganingga ishon

      HUAWEI P20 lite smartfoni ranglar gammasi 96% NTSC bo‘lgan 2280 x 1080 FHD+ aniqlikdagi ekran bilan jihozlangan . Bu siz ekranda ko‘rayotgan har bir narsa real holatdagiday boy, jonli va tiniq ko‘rinadi! Hech narsani nazardan chetda qoldirmang.

      HUAWEI P20 lite full hd vivid colors

      O‘tkir old kamera

      HUAWEI P20 lite yuqori aniqlik va kengroq burchak ta’minlangan old kameraga ega. Piksel o‘lchami 1.0 μm va ko‘rish burchagi 78° bo‘lgan 16 megapikselli bu kamera do‘stlar, oila va ijtimoiy tarmoqlar uchun arzirli selfilarni yaratishga xizmat qiladi. Keng apertura (F2.0), shuningdek, yorug‘lik va soyani sozlaydigan intellektual texnologiya va yuzni modellashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan 3D retush funksiyasi bilan hayratomuz portretlar hamda yirik kadrlarni suratga olishingiz mumkin.

      HUAWEI P20 lite 16 megapixels front camera

      yaqinlashuv va tashqi yorug‘lik sensori

      resiver

      old kamera

      Kam yoritilgan sharoitda ham qoyilmaqom suratlar oling

      Kam yoritilgan sharoitlarda sifatli tazrda rasmga olish raqamli smartfon fotografiyasi uchun har doim jiddiy muammo bo‘lib kelgan. Endi esa HUAWEI P20 lite smartfonidagi aqlli LCD yorug‘lik texnologiyasi xira va past sifatli suratlarga barham berdi. Turli yoritish rejimlarida nurni intellektual tarzda muvozanatlashga xizmat qiladigan 11 ta spektrdagi rang harorati va 4 tasi 1 da yorug‘likni birlashtirish texnologiyasi bilan istalgan muihtdagi har bitta tasvir aniq va yorug‘ chiqadi.

      HUAWEI P20 lite intelligent light technology – light rebalancing

      Qo‘sh linzali kamera

      HUAWEI P20 lite modelidagi qo‘sh linzali orqa kamera bilan nafis suratlarni yarating. Piksel o‘lchami 1.12 μm F2.2 aperturali 16 megapikselli o‘ta zamonaviy linza yanada ko‘proq nur o‘tkazish va ranglar chuqurligini sezish uchun ishlangan bo‘lib, istalgan paytda o‘tkir va tezkor kadrlarni olishga yordam beradi. 2 megapikselli professional boke linzasi, shuningdek, subyekt va fon uchun 5P + 3P linzalar bilan hamkorlikda u a’lo sifatdagi rasmlarni oladi.

      HUAWEI P20 lite 16 + 2 megapixels dual-camera

      EMUI 8.0

      HUAWEI yaratgan butunlay yangi EMUI 8.0 dasturi tezlik va ijroni optimallashtirish uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan aql bilan sozlangan interfeys, HUAWEI P20 lite smartfonining tez va ravon ishlashini ta’minlaydi.

      HUAWEI P20 lite with EMUI 8.0 – Artificial Intelligence HUAWEI P20 lite with EMUI 8.0 – Artificial Intelligence HUAWEI P20 lite with EMUI 8.0 – Artificial Intelligence

      YUZ BILAN OCHISH

      HUAWEI P20 lite bir nigohda ochiladi. Telefoningiz ekraniga bir soniyadan qisqaroq, aniqrog‘i, 800 millisoniya qarash orqali uni tez va xavfsiz qulfdan chiqarishingiz mumkin. Murakkab algoritmlar va yuzni taqqoshlashga oid ma’lumotlarga asosida yuzni tanish funksiyasi sizning foto va video kabi fayllaringizni yuqori himoya bilan ta’minlaydi. Bu siz uxlayotgan paytda yoki sizning suratingiz bilan telefoningizni qulfdan chiqarib bo‘lmaydi demakdir.

      Woman using the facial recognition in HUAWEI P20 lite

      Tezkor quvvatlash

      Xavfsiz tezkor quvvatlash texnologiyasi HUAWEI P20 lite modelining o‘ziga xos funksiyasidir. 9V2A ko‘rsatkichga ega tezkor quvvatlash texnologiyasi sizga shoshilinch paytda qisqa fursatda telefoningizni tez va xavfsiz zaryadlashga imkoniyat yaratadi. HUAWEI ishlab chiqqan aqlli resurslarni taqsimlash texnoligiyasi tufayli quvvatni behuda sarflash jarayoni kamaytirildi va batareyaning ishlash davri yanada uzaytirildi.

      HUAWEI P20 lite USB C fast charging 2.0

      Dual Bluetooth

      HUAWEI P20 lite smartfoni ko‘p vazifalarni bir vaqtda bajaradiganlar uchun zarur bo‘lgan Dual Bluetooth funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazku texnologiya bir vaqtning o‘zida telefonga bir nechta garnituralarni ulash imkoniyatini beradi, endi mashq paytida aqlli soatingizga ulangan holda qulog‘ingizga Bluetooth-garninurani taqqan holda jarayondan zavqlanishingiz mumkin. Yoki avtomobilni boshqarish paytida garniturani taqqan holda aqlli Bluetooth navigatsiya tizimiga ulansangiz bo‘ladi.

      Two people using dual Bluetooth technology in one HUAWEI P20 lite

      Intellektual muhandislik

      HUAWEI P20 lite siz uchun yuqori sifatda xizmat qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan. HUAWEI ishlab chiqqan mashinaviy o‘rganish texnologiyasi EMUI 8.0 interfeysi bilan birgalikda sizning telefoningiz odatini har doimgidan-da yaxshi tushuna oladi. Siz qurilmadan qanday muloqot qilishingizga qarab HUAWEI P20 lite sizning kelgusi harakatingizni eng yaxshi usulda taxmin qiladi, batareya quvvatini tejaydi, gadjet ishini optimallashtiradi va telefoningizni yanada uzoq muddat tezroq va ravonroq ishlashini ta’minlaydi.

      HUAWEI P20 lite optimized speed and performance through EMUI 8.0