HUAWEI P20

Для получения наилучшего пользовательского опыта, пожалуйста, загрузите последнюю версию Internet Explorer или откройте страницу в другом браузере.

Популярные результаты

    Рекомендованные результаты

      введите больше параметров поиска

      Популярный поиск

        Популярное

          huawei-p20-product-kv

          huawei-p20-product-kv-title

          Smartfon fotografiyasini yangi pog‘onaga ko‘tarib, HUAWEI P20 yangi Leica qo‘sh kamerasini taqdim qiladi. Hayot yorug‘lik tezligi singari o‘tib bormoqda, uning har bir ajoyib lahzasini HUAWEI P20 smartfoniga o‘rnatilgan ilg‘or va chiroyli dizaynli o‘tkir ko‘zli kamera bilan suratga olishga ulguring.

          Yorug‘lik san’ati

          Yangi HUAWEI P20 bizning fazoni to‘ldirgan nurlarning yorqin to‘lqinlaridan ilhomlangan*. Uning shishali qayrilma korpusi chinakam maftunkor smartfon dizaynini ifodalash uchun kuch va yorug‘lik konseptini o‘zida mujassamlashtirgan.

          * Gradiyent rangli korpus oqshom va pushti zar variantlariga xos.

          huawei-p20-gradient-purple

          Yangi HUAWEI FullView displey

          Oxirgi pikseligacha aniq ishlangan yangi HUAWEI FullView displey 5.8* dyuymli o‘ta yorqin va kam energiya iste’mol qiladigan RGBW ekran bilan jihozlangan. Virtual panel o‘rniga aqlli boshqaruv tizimiga ega qirrasiz barmoq izi skaneri qo‘shimcha ma’lumot sohasini taqdim qiladi.

          * Ekran kattaligi aylana burchak chetidan diagonal yo‘nalishda o‘lchangan (namoyish sohasi qisman kichikroq).

          HUAWEI P20 fullview display ultra-thin bezels HUAWEI P20 fullview display ultra-thin bezels HUAWEI P20 fullview display ultra-thin bezels HUAWEI P20 fullview display ultra-thin bezels

          Yangi Leica qo‘sh kamerasi

          HUAWEI kompaniyasining Leica bilan hamkorligi natijasida chinakam kamera ishqibozlarining smartfon fotografiyasiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Qisqa qilib aytganda, HUAWEI P20 smartfoniga o‘rnatilgan yangi avloddagi Leica qo‘sh kamerasi aniq, boy tafsilotga ega yuksak sifatli tasvirlarni olish uchun yaratilgan bo‘lib, sizni ilhomlantiradi va fotografiyaga bo‘lgan mehringizni yanada kuchaytiradi.

          HUAWEI P20 rear side view showing leica triple camera

          Sohadagi yetakchi sensor

          Yorug‘lik HUAWEI P20 modelidagi ilg‘or va keng aperturasidan o‘tar ekan, u piksel o‘lchami 1.55 mikrometr bo‘lgan yirik tasvir sensoriga borib uriladi. Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Qisqacha aytganda, sensor yanada ko‘p yorug‘likni yutadi, natijada esa hatto kam yoritilgan sharoitlarda ham yanada yorqin, batafsil va yuqori sifatga ega bo‘lgan tasvirlar hosil qilinadi.

          Huawei P20 photo comparison

          Hayotiy lahzalarni tasvirga olib

          HUAWEI P20 bilan siz harakatlanayotgan narsalar holatini osongina videoga yozishingiz va maroqli lahzalar qiziqarli onlarini tezda suratga olishingiz mumkin.

          * Quyidagi tasvir namunalari HUAWEI P20 Pro yoki HUAWEI P20 smartfonlarida olingan, barcha tasvirlar faqat misol sifatida keltirilgan.

          HUAWEI P20 photo burst HUAWEI P20 photo burst

          AI tasvir stabilizatsiyasi

          HUAWEI AI tasvir stabilizatsiyasi funksiyasi tun rejimida kam yoritilgan sharoitlarda ham xiralashmagan, tiniq suratlarni olishga imkoniyat beradi. Uchoyoqni unuting. Tun rejimi yuqori kontrastga ega bo‘lgan sahnalarni har qanday sozlamada ham aniq, yorug‘lik teng taqsimlangan rasmlarga aylantirish uchun aqlli tarzda muvozanatlaydi.

          HUAWEI P20 low light night mode feature HUAWEI P20 low light night mode feature

          960 fps super sekin harakat

          960 fps super sekin harakatli video bilan vaqtni hoziroq soniyasiga 960 kadrgacha sekinlashtiring*. ko‘zni ochib yumguncha o‘tib ketadigan hayotning eng qadrli onlaridan bahra olish uchun bu funksiyadan foydalaning.

          * 960 fps super sekin harakat rejimida yozilgan 0.25 soniya standart videodagi taxminan 8 soniyaga tenglashadi.

          HUAWEI P20 super slow motion

          Selfi portret uchun selfi

          24 megapikselli old kamera* har bir selfini san’at asariga aylantiradi. Hech qanday bahonaga o;rin yo‘q. Bu kun yoki tun, yaqin yoki uzoq bo‘lishiga qaramay tiniq, o‘tkir va hayratomuz tasvirlarni yarata oladi.

          * 24.8 MP CMOS sensor bilan

          HUAWEI P20 front camera detailed view

          Resiver

          Sensorlar

          Old kamera

          3D portret

          HUAWEI P20 AI bilan yuzni 3D modellashtirish texnologiyasiga ega bo‘lib, u sizning yuz qirralaringizni to‘g‘rilab, ajoyib selfilar yaratishga xizmat qiladi. 3D portret funksiyasidagi ilg‘or yoritish effektlari selfilarni nodir portretlarga aylantiradi.

          * Ekrandagi rasm qurilmada olinmagan va illyustratsiya maqsadida keltirilgan.

          HUAWEI P20 3D portrait lighting feature HUAWEI P20 3D portrait lighting feature HUAWEI P20 3D portrait lighting feature HUAWEI P20 3D portrait lighting feature HUAWEI P20 3D portrait lighting feature HUAWEI P20 3D portrait lighting feature

          Master AI

          Master AI funksiyasi bilan HUAWEI P20 real vaqt rejimida 19 ta har xil kategoriyani aniqlay oladi*. Yorug‘lik va boshqa parametrlarni sozlash kabi professional fotografiyaga oid jihatlar sizning suratingiz mutlaqo nodir bo‘lishi uchun sun’iy intellekt (AI) tomonidan o‘zgartiradi.

          * Aniqlanadigan kategoriyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mushuk, taom, guruh, tabiiy ranglar, yaqinlashish, tungi kadr, matn, yashillik, portret, it, salyut, moviy osmon, gullar, sahna, hujjat, shafaq, qor, sharshara va dengiz sohili.

          HUAWEI P20 camera
          • HUAWEI P20 AI objects and scenes recognition
          • HUAWEI P20 AI objects and scenes recognition
          • HUAWEI P20 AI objects and scenes recognition
          • HUAWEI P20 AI objects and scenes recognition
          • HUAWEI P20 AI objects and scenes recognition
          HUAWEI P20 camera HUAWEI P20 camera

          Yangi Leica rangi

          Chipset darajasida sozlangan sun’iy intellekt (AI) yordamida HUAWEI P20 smartfonidagi fotografiya tizimi siz qarayotgan sahna va rang balansini avtomatik tarzda aniqlay olishga qodirdir.

          HUAWEI P20 AI colour optimisation HUAWEI P20 AI colour optimisation

          Kim tomonidan suratga olingan: Chen Jili

          Professional kompozitsiya

          Siz suratga olayotganingizda, HUAWEI P20 kompozitsiyani yanada yaxshilash va suratlarni ortiqcha harakatsiz professional darajaga yetkazish uchun darhol intellektual tuzilma tavsiyalarini taklif qilishni boshlaydi.

          HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature HUAWEI P20 AI framing suggestion feature

          Kirin 970 sozlangan NPU bilan

          HUAWEI P20 smartfonidagi sun’iy intelllektli fotografiya tizimini kuchaytirganKirin 970 chipseti har bir foydalanuvchiga premial funksiyalar va ajoyib taassurotlarni taqdim etadi.

          HUAWEI P20 kirin 970 chipset

          Ko‘p quvvat, uzoq mehnat

          HUAWEI P20 smartfoniga xavfsiz va tez zaryadlanadigan, shu bilan birga, quvvatni uzoq saqlay oladigan katta sig‘imli batareya o‘rnatilgan. HUAWEI SuperCharge* texnologiyasi bilan tkatta 3400 mAs** sig‘imli batareya maksimal qulaylik uchun juda tez quvvatlanadi.

          * HUAWEI SuperCharge kabeli va zaryadlash qurilmasidan foydalaning.
          ** Tipik birlik. HUAWEI laboratoriya sinovlarida olingan natijalarga asoslangan. Batareya quvvatining davomiyligi real foydalanish holatlariga bog‘liq.

          HUAWEI P20 long lasting battery and supercharging capacity HUAWEI P20 long lasting battery and supercharging capacity