HUAWEI Y5 Prime 2018

Для получения наилучшего пользовательского опыта, пожалуйста, загрузите последнюю версию Internet Explorer или откройте страницу в другом браузере.

Ommabop natijalar

    Tavsiya etiladigan natijalar

      введите больше параметров поиска

      HUAWEI Y5 Prime 2018 Prime
      2018

      HUAWEI
      FullView displey
      Katta batareya

      DO YOUR OWN THING
      DO YOUR OWN THING

      Dizayndan nahra oling

      Play video

      Uzoqroq foydalaning

      Play video
      • 3020 mAs*
        BATAREYA

        *Tipik birlik
      • FACE UNLOCK

        *HOTA yangilanishdan keyin foydalanish mumkin
      • Android™ 8.1.0

      • Uch kartali
        slot

      DISPLEY

      Quvnoq kayfiyat
      dengizga sho‘ng‘ing

      Zamonaviy, minimal hoshiyaga joylangan 5.45" HD+ (1440 x 720) ekranning korpusga nisbati nohiyatda yuqori bo‘lib, o‘zingizni kaftingizda go‘yoki boshqa dunyoga oyna tutganday his qilasiz.

      Batareya

      Uzoq foydalanish
      uchun ko‘proq quvvat

      Katta sig‘imli (3020 mAs*) batareya va Power Saving 6.0 texnologiyasi bilan 62 soat davomida musiqa tinglashingiz yoki 13 soat ekrandan uzilmasdan video ko‘rishingiz mumkin*.

      *Tipik birlik. Quvvat iste’moliga oid ma’lumotlar HUAWEI laboratoriyasida amalga oshirilgan sinov natijalariga asoslangan, real ishlatish vaqti foydalanish va atrof-muhit omillariga bog‘liq.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 Battery

      FACE UNLOCK

      Bitta nigoh
      bilan oching

      Odam yuzini yuqori aniqlik bilan tanishga ixtisoslashgan kuchli AI algoritmi yordamida telefoningizni bir lahzada qulfdan chiqaring.

      *Ushbu funksiyadan HOTA yangilanishdan keyin foydalanish mumkin.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 Face Unlock

      KAMERA

      Har bir kadrda
      fasohat

      Model selfilarga mo‘ljallangan chaqnoqqa ega bo‘lgan 5 MP aniqlikdagi kamera bilan jihozlangan bo‘lib, hatto past yoritilgan sharoitlarda ham ajoyib selfilar yaratishga qodirdir. Va olingan rasmlarni to‘g‘rilaydigan HDR funksiyasi bilan quvvatlangan 13 megapikselli asosiy kamera ajoyib kadrlarni suratga olishingizga yordam beradi.

      *Surat faqat illyusratsiya maqsadida keltirilgan va telefon yordamida olinmagan.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 Camera

      BAQUVVAT ANTENNA

      Olmosday tiniq
      suhbatlar

      Baquvvat antenna va yon tugmalar bilan ovoz balandligini sozlash orqali qo‘ng‘iroq paytida hatto shovqinli joylarda ham siz suhbatni baland va tiniq eshitishingiz mumkin.

      *Ovoz balandligiga oid sozlamalar baquvvat antenna rejimida qo‘lda o‘zgartirilishi mumkin.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 Powerful Receiver

      FOYDALANISH ZAVQI

      Telefondan o‘zingizga
      mos tarzda foydalansangiz bo‘ladi.

      Uch kartali slotga ega korpusga 2 ta SIM-karta* va microSD-kartani (maks: 256 GB) o‘rnatib, har doim aloqada bo‘ling va fayllarni xavfsiz saqlang.

      *HUAWEI Y5 Prime 2018 bir SIM-kartali va ikkita SIM-kartali modellarda chiqqan. Haqiqiy mahsulot ayrim mamlakatlarda ta’riflanganidan farqalanishi mumkin.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 User Experience

      FOYDALANISH ZAVQI

      Aqlli telefon,
      ravon platforma

      Android™ 8.1.0 operatsion tizimi qulay interfeys bilan baquvvat ijroga ega bo‘lib, telefondan tezroq va ravonroq foydalanishga imkoniyat yaratadi.

      *HUAWEI Y5 Prime 2018 telefoni Android™ 8.1.0 platformasida ishlaydi; biroq ba’zi funksiyalar/xususiyatlar farqli va HUAWEI tomonidan o‘zgartirilgan mumkin.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 User Experience

      FOYDALANISH ZAVQI

      Lahzani ushla

      Uchta bamoq bilan skrinshot qilish funksiyasi yordamida ekranda barmoqlaringizni tepadan pastga surish orqali osongina skrinshot qiling.

      HUAWEI Y5 Prime 2018 User Experience
      HUAWEI Y5 Prime 2018 User Experience HUAWEI Y5 Prime 2018 User Experience

      FOYDALANISH ZAVQI

      Ko‘zlaringizda
      ziyonsiz telefon

      Eye Comfort rejimi ekrandan chiqayotgan ko‘k nurni avtomatik tarzda filtrlaydi va telefondan foydalanish paytida ko‘zlaringizga tushadigan bosimni kamaytiradi.

      *Bu mahsulot tibbiy qurilma emas. Bu funksiya tibbiy davolashga mo‘ljallanmagan.

      SIFAT
      NAZORATI

      HUAWEI yaratgan
      hayratomuz sifat

      Qat’iy sinovlar va sifat nazorati tufayli o‘z sohasidagi eng yaxshi sifat va mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan qurilma yaratiladi.

      • QUVVAT
        TUGMASI
        SINOVLARI
        200000
      • OHANG
        TUGMASI
        SINOVLARI
        50000
      • USB
        ULASH SINOVLARI
        10000
      • QULOQCHIN
        SINOVLARI
        5000
      • HARORAT
        SINOVLARI
        -40°C ~ 70°C
      • EKRANGA
        TEGISH
        SINOVLARI
        800000
      HUAWEI Y5 Prime 2018 Quality

      *Keltirilgan barcha ma’lumotlar HUAWEI kompaniyasining ichki laboratoriyalarida texnik sharoitlarda amalga oshirilgan sinovlar orqali olingan nazariy birliklardir. Muayyan modellar, dastur versiyasi, ilovalar va tashqi muhit ta’sirlariga qarab haqiqiy ishlash qobiliyati farqlanishi mumkin. Qurilmaga tegishli samaradorlik ko‘rsatkichlari foydalanish holatidagi omillarga bog‘liq.

      Mahsulot turkumidagi farqlar, ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi omillar, shuningdek, qurilmaga doir ma’lumotlar, jumladan parametrlar va funksiyalar haqida aniq tafsilotlar bilan ta’minlash maqsadida HUAWEI haqiqiy mahsulotga doir samaradorlik, texnik ko‘rsatkichlar, indekslar va komponentlarga mos kelishi uchun matnli ta’riflar va tasvirlarga o‘zgartirish kiritadi. Mahsulotga haqida ma’lumotlar ogohlantirishsiz o‘zgartirilishi mumkin.