Популярный поиск
Популярное
HUAWEI kompaniyasining P seriyasi hamisha smartfon fotografiyasida eng ilg‘or qurilmalar bo‘lib kelgan. HUAWEI P20 Pro nafis dizayn va ilg‘or kamera tizimini o‘zida jamlab, aqlli fotografiyani yuqori pog‘onaga ko‘targan inqilobiy uchtalik Leica kamerasi bilan sohada yana yetakchilik qilmoqda.
Yorug‘likning jozibador quvvatidan ilhomlanib yaratilgan HUAWEI P20 Pro yangi gradiyent ranglarda taqdim etildi. Rang lyuminesent o‘zgarish effekti uni boshqa smartfonlar orasida yaqqol ajratib turadi. Har jihatdan alohida bo‘lib turish uchun yaratilgan.
* Gradiyent rangli korpus oqshom va pushti zar variantlariga xos.
Boy ranglar gammasiga ega bo‘lgan 6.1 dyuymli* OLED HUAWEI FullView displeyi bilan tassurotlar ummoniga sho‘ng‘ing. Virtual panel o‘rniga aqlli boshqaruv tizimiga ega qirrasiz barmoq izi skaneri qo‘shimcha ma’lumot sohasini taqdim qiladi.
* Ekran kattaligi aylana burchak chetidan diagonal yo‘nalishda o‘lchangan (namoyish sohasi qisman kichikroq).
Jahondagi ilk uhtalik Leica kamerasini kutib oling. HUAWEI P20 Pro kreativ mobil fotografiya chegaralarini kengaytirmoqda. Nur harakatlaridan ilhomlangan va batafsil, boy va atmosferik tasvirlarni kun yoki tunning istalgan paytida olish uchun aniq loyihalashtirilgan.
HUAWEI P20 Pro siz oladigan har bir kadrga tengsiz o‘tkirlik, rang aniqligi, fokus va kontrastlik bag‘ishlaydigan hayratlanarli 40 MP RGB kamera bilan jihozlangan.
Kim tomonidan suratga olingan: James Yu
Kadrni masshtablashga mo‘ljallangan Leica linza tizimi bilan HUAWEI P20 Pro 5-karrali gidrid zumga ega bo‘ldi. Bu sizga tasvir sifatini buzmagan holda obyektni yaqinlashtirib suratga olish va ajoyib natijaga erishish imkoniyatini taqdim qiladi.
Kim tomonidan suratga olingan: Pan Chaoyue
HUAWEI P20 bilan siz qimirlayotgan harakatlarni videoga yozishingiz va maroqli lahzalarning qiziqarli onlarini tezda suratga olishingiz mumkin.
HUAWEI AI tasvir stabilizatsiyasi funksiyasi tun rejimida kam yoritilgan sharoitlarda ham xiralashmagan, tiniq suratlarni olishga imkoniyat beradi. Uchoyoqni unuting. Tun rejimi yuqori kontrastga ega bo‘lgan sahnalarni har qanday sozlamada ham aniq, yorug‘lik teng taqsimlangan rasmlarga aylantirish uchun aqlli tarzda muvozanatlaydi.
960 fps super sekin harakatli video bilan vaqtni hoziroq soniyasiga 960 kadrgacha sekinlashtiring*. ko‘zni ochib yumguncha o‘tib ketadigan hayotning eng qadrli onlaridan bahra olish uchun bu funksiyadan foydalaning.
* 960 fps super sekin harakat rejimida yozilgan 0.25 soniya standart videodagi taxminan 8 soniyaga tenglashadi.
24 megapikselli old kamera* har bir selfini san’at asariga aylantiradi. Hech qanday bahonaga o;rin yo‘q. Bu kun yoki tun bo‘lishiga qaramay tiniq, o‘tkir va hayratomuz tasvirlarni yarata oladi.
* 24.8 MP CMOS sensor bilan
Resiver
Sensorlar
Old kamera
HUAWEI P20 Pro AI bilan yuzni 3D modellashtirish texnologiyasiga ega bo‘lib, u sizning yuz qirralaringizni to‘g‘rilab, ajoyib selfilar yaratishga xizmat qiladi. 3D portret funksiyasidagi ilg‘or yoritish effektlari selfilarni nodir portretlarga aylantiradi.
* Ekrandagi rasm qurilmada olinmagan va illyustratsiya maqsadida keltirilgan.
Master AI funksiyasi bilan HUAWEI P20 Pro real vaqt rejimida 19 ta har xil kategoriyani aniqlay oladi*. Yorug‘lik va boshqa parametrlarni sozlash kabi professional fotografiyaga oid jihatlar sizning suratingiz mutlaqo nodir bo‘lishi uchun sun’iy intellekt (AI) tomonidan o‘zgartiradi.
* Aniqlanadigan kategoriyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mushuk, taom, guruh, tabiiy ranglar, yaqinlashish, tungi kadr, matn, yashillik, portret, it, salyut, moviy osmon, gullar, sahna, hujjat, shafaq, qor, sharshara va dengiz sohili.
Chipset darajasida sozlangan sun’iy intellekt (AI) yordamida HUAWEI P20 Pro smartfonidagi fotografiya tizimi siz qarayotgan sahna va rang balansini avtomatik tarzda aniqlay olishga qodirdir.
Siz suratga olayotganingizda, HUAWEI P20 Pro kompozitsiyani yanada yaxshilash va suratlarni ortiqcha harakatsiz professional darajaga yetkazish uchun darhol intellektual tuzilma tavsiyalarini taklif qilishni boshlaydi.
HUAWEI P20 Pro smartfonidagi sun’iy intelllektli fotografiya tizimini kuchaytirganKirin 970 chipseti har bir foydalanuvchiga premial funksiyalar va ajoyib taassurotlarni taqdim etadi.
HUAWEI P20 Pro smartfoniga xavfsiz va tez zaryadlanadigan, shu bilan birga, quvvatni uzoq saqlay oladigan katta sig‘imli batareya o‘rnatilgan. HUAWEI SuperCharge* texnologiyasi bilan tkatta 4000 mAs** sig‘imli batareya maksimal qulaylik uchun juda tez quvvatlanadi.
* HUAWEI SuperCharge kabeli va zaryadlash qurilmasidan foydalaning.
** Tipik birlik. HUAWEI laboratoriya sinovlarida olingan natijalarga asoslangan. Batareya quvvatining davomiyligi real foydalanish holatlariga bog‘liq.
Uning baquvvat qayrilma 3D shishadan ishlangan korpusda hashamat va chidam bir yerda keshishadi. Uning qayrilma qirralari shu qadar aniq ishlanganki, qurilma kaftingizga juda qulay joylashadi va undan bir qo‘lda oson foydalanish mumkin bo‘ladi.
Turli ta’sirlarga chidamli HUAWEI P20 Pro smartfoni suv va changdan IP67* standarti bilan himoyalangan. Bu yomg‘irli kunda ham bexavotir rasmga olish mumkin demakdir.
* HUAWEI P20 Pro kamerafoni IEC 60529 standartidagi IP67 purkama, suv va changdan himoyalanish xususiyatiga ega bo‘lib, nazorat ostidagi laboratoriya sharoitlarida sinalgan. Purkama, suv va changdan himoyalash xususiyati doimiy xarakterga ega emas, shu bois u me’yoriy foydalanish davomida kuchsizlanib borishi mumkin. Nam holatda bo‘lgan HUAWEI P20 Pro smartfonini zaryadlashga urinmang. Suyuqlik yetkazgan zarar kafolat xizmati bilan qoplanmaydi.
Sanoatdagi eng ilg‘or keng aperturali linza va yangi turdagi 1/1.7 inch dyuymli sensor bilan jihozlangan holda, bu qurilma past darajali yorug‘lik va tungi suratkashlikni yangi darajaga olib chiqadi. Natijada esa kunnig oxirida yoki tunning avvalida ham bag‘oyatda maftunkor, aniq va yorqin rasmlar paydo bo‘ladi.
* f/1.8 + f/1.6 + f/2.4
** Sensor o‘lchami taxminan 7.76 mm x 5.82 mm.
Kim tomonidan suratga olingan: Joy Island
Kim tomonidan suratga olingan: La Petite Touche
Kim tomonidan suratga olingan: Juan Jerez
Kim tomonidan suratga olingan: Pan Chaoyue
Hatto kam yoritilgan sharoitlarda ham, sezuvchanlikni IS0 102400* ko‘rsakichga qadar sozlash imkoniyatini beradigan ilg‘or sensor yordamida HUAWEI P20 Pro yaxshi sifatdagi jonli va o‘tkir rasmlarni suratga olishga qodir.
* Faqat HOTA yangilanishdan keyin bu funksiyadan foydalanish mumkin bo‘ladi.
4D prediktiv fokus funksiyasi harakatdagi obyektni ham aniq fokuslashi orqali bizning tez sur’atli hayotimiz tarziga juda mos keladi. Buning natijasida esa soniyalar ichida o‘tkir, aniq harakatli va xiralashmagan kadrlarni suratga olish mumkin.
Har bir kutilmagan holatni rasmga olish uchun tovushni pasaytirish tugmasiga kki marta bosing, hatto qulflangan ekranda ham kamera 0,3 soniya* ichida rasmga ololadi.
* Rasmga olish tezligi atrofdagi yorug‘lik sharoitlariga qarab farqlanishi mumkin.
HUAWEI P20 Pro ARCore™* tizimi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurilma bo‘lib, u foydalanuvchilarga ko‘chmas mulk sanoatidagi ilg‘or to‘ldirilgan reallik asosida ishlaydigan Curate singari ilovalardan bahra olish imkoniyatini yaratadi.
* ARCore™ savdo belgisi Google LLC kompaniyasiga tegishli.
HUAWEI Share 2.0 standarti HUAWEI telefonlari*, kompyuter va MAC o‘rtasida fayl va rasmlarni tezkorlik bilan o‘tkazishga yordam beradi. Kabelsiz, ochiq, nihoyatda tezkor ulashish endi juda oson**.
* FaqatHUAWEI Share standartini qo‘llab-quvvatlaydigan modellar uchun.
** Barcha qurilmalar yagona Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak.
HUAWEI P20 Pro qurilmasiga Dolby Atmos® ohang tizimi sozlangan va u smartfondagi audio sifatini yangi pog‘onaga olib chiqadi. HUAWEI P20 Pro siz chinakam Hi-Fi audio sifatidan hech qanday simlarsiz rohatlanishingiz uchun yuqori aniqlikdagi audiolarni HWA* standarti bilan qo‘llab-quvvatlaydi va ajoyib Bluetooth ohangni taqdim qiladi**.
* Yuqori aniqlikdafgi simsiz audio.
** Bu funksiyadan faqat HWA standarti qo‘llab-quvvatlaydi Bluetooth audio qurilmalarida foydalanishingiz mumkin. Alohida sotiladi.