Cookies

Для получения наилучшего пользовательского опыта, пожалуйста, загрузите последнюю версию Internet Explorer или откройте страницу в другом браузере.
HUQUQIY
Huawei cookie va shu kabi texnologiyalardan qanday foydalanadi
A. Cookie

Cookie – bu kompyuterda yoki mobil qurilmada veb-server tomonidan saqlangan matnli fayl bo‘lib, cookie-fayl kontenti faqat cookie yaratgan server tomonidan olinishi va o‘qilishi mumkin. Cookie-fayllar siz foydalanadigan brauzer yoki mobil ilova uchungina xosdir. Cookie-fayldagi matn odatda identifikatorlar, sayt nomlari va ayrim raqamlar va belgilardan tashkil topadi.

Ba’zida, Huawei foydalanuvchilar tajribasini takomillashtirish maqsadida kompyuterlar va mobil qurilmalardagi cookie-fayllarni saqlaydi, bunday tajribalar qatoriga quyidagilar kiritiladi:

(1) Texnik cookie-fayllar: Kirish va tasdiqlash. Veb-saytga kirish uchun Huawei ID hisobidan foydalanganingizda, “seans asosidagi” cookie-fayllar ushbu sayt funksiyalariga kirishingizni imkon qadar muammosiz bo‘lishini ta’minlaydi.

(2) Personalizatsiya cookie-fayllari: Siz afzal ko‘rgan funksiyalar va sozlamalarni saqlash. Bu veb-sayt sozlamalarni, jumladan sizning kompyuteringiz yoki mobil qurilmangizdagi til sozlamasi va shrift o‘lchami, xarid savatingizdagi mahsulotlar va boshqa brauzer sozlamalari kabilarni saqlash uchun cookie-fayllardan foydalanishi mumkin.

(3) Reklama bo‘yicha cookie-fayllar. Huawei sizning onlayn faoliyatlaringiz va qiziqishlaringiz haqida ma’lumot to‘plash va sizga ko‘proq bog‘liq bo‘lgan reklamalarni taqdim etish uchun cookie-fayllardan foydalanadi.

(4) Statistik cookie-fayllar. Cookie-fayllar yordamida Huawei sizning bizning veb-saytlarimiz va boshqa ilovalarimizdan bir martalik tashrif (bitta seans cookie-faylidan foydalanish) yoki takroriy tashriflar (doimiy cookie-fayllaridan foydalanish) asosida foydalanishingiz haqida ma’lumot to‘plashi mumkin.

(5) Ijtimoiy tarmoqlar cookie-fayllari. Ijtimoiy tarmoqlar cookie-fayllari “Like” (”yoqdi”) tugmalari va “Share” (”ulashish”) tugmalari kabi uchinchi tomonlar tarafidan taqdim etilgan xizmatlar bilan bog‘liq. Uchinchi tomon bizning veb-saytlarimizga tashrif buyurganigingizni qayd qilganidan so‘ng ushbu xizmatlarni taqdim qiladi.

O‘zingiz xohishingizga ko‘ra cookie-fayllarni boshqarishingiz yoki o‘chirishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi saytga tashrif buyuring: AboutCookies.org. Kompyuteringizda saqlanib qolgan barcha cookie-fayllarni o‘chirishingiz mumkin, shu bilan birga eng ko‘p ishlatilinadigan veb-brauzerlarda cookie-fayllarni bloklash imkoniyati mavjud. Biroq cookie-fayllar bloklansa veb-saytimizga har safar tashrif buyurganingizda foydalanuvchi sozlamalarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Brauzeringiz uchun cookie-fayllar sozlamalarni boshqarishni quyidagi havolada ko‘rishingiz mumkin: Internet Explorer > Google Chrome > Mozilla Firefox > Safari > Opera.

Agar siz cookie-fayllarni o‘chirsangiz, kelasi safar Huawei veb-saytlariga tashrif buyurganingizda sozlamalaringizni o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi. Huawei xizmatlaridan ayrimlari cookie-fayllardan foydalanishni talab qilishini hisobga oling. Cookie-fayllarini o‘chirib qo‘yish bu xizmatlarning ayrim yoki barcha funktsiyalaridan foydalanishingizga ta’sir qilishi mumkin.

B. Veb-mayoq va pikselli teglar

Cookie-fayllardan tashqari Huawei va ba’zi uchinchi tomonlar veb-saytlarda veb-mayoqlar va pikselli teglardan foydalanishlari mumkin. Veb-mayoq bu siz veb-saytga yo elektron pochtaga kirganingizda qurilmangiz cookie-fayllarini aniqlash uchun veb-saytga yoki elektron pochtaga joylashtirilgan elektron grafik tasvirdir. Pikselli teglar Huawei kompaniyasiga siz uchun o‘qishga qulay va elektron pochtangizni ochganda ko‘radigan yo‘l bilan elektron xatlarni jo‘natish imkonini beradi.

Huawei va ba’zi bir uchinchi tomonlar ushbu texnologiyalardan xizmatdan foydalanishni tahlil qilish (cookie-fayllar bilan birga) va siz uchun qoniqarli kontent va reklamalar berish kabi maqsadlarda foydalanadi. Masalan, siz Huawei kompaniyasidan elektron pochta xabari olganingizda, u xabarda Huawei veb-sahifasiga havola qilinadigan ustiga bosiladigan URL bo‘lishi mumkin. Havolani bossangiz, mahsulotlar va xizmatlari bo‘yicha siz afzal ko‘rgan jihatlarni o‘rganishda bizga yordam berish va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash uchun Huawei tashrifingizni kuzatadi. Bu shaklda kuzatilishni xohlamasangiz, Huawei kompaniyasining pochta yuborish xizmatiga obunangizni istalgan paytda bekor qilishingiz mumkin.

C. Boshqa mahalliy xotira

Huawei va ba’zi uchinchi tomonlar muayyan mahsulot va xizmatlarda mahalliy umumiy obyektlar (“Flash cookie-fayllar” deb ham nomlanadi) va HTML5 mahalliy xotira kabi boshqa mahalliy xotirlardan foydalanishi mumkin. Cookie-fayllarga o‘xshab, ushbu texnologiyalar qurilmangizdagi ma’lumotlarni saqlaydi va sizning faoliyatingiz va afzal ko‘rgan jihatlaringiz haqida ba’zi ma’lumotlarni yozib olishi mumkin. Biroq bu texnologiyalar cookie-fayllardan boshqacha vositalardan foydalanishlari mumkin. Shu sababli siz ularni standart brauzer vositalari va sozlamalaridan foydalangan holda boshqara olmasligingiz mumkin. Flash cookie-fayllaridagi ma’lumotlarni qanday o‘chirib qo‘yish yoki o‘chirish haqida batafsil ma’lumot uchun ushbu havolani bosing.

D. Do Not Track (Kuzatilmasin)

Ko‘p veb-brauzerlar veb-saytlarga kuzatilmasligi so‘ralishi mumkin bo‘lgan “Do Not Track” (“Kuzatilmasin”) funksiyasini taqdim etadi. Hozirgi kunda Internet standartlashtirish tizimining yirik tashkilotlari veb-saytlar ushbu talablarga qanday javob berish kerakligini aniqlash bo‘yicha tartib-qoidalar o‘rnatmagan.

Brauzeringizda “Do Not Track” (“Kuzatilmasin”) yoki brauzeringiz taqdim etishi mumkin boʻlgan boshqa funksiyalarni yoqsangiz, Huawei ushbu bayonnomada keltirilganidek maʼlumotlaringizni olish va ulardan foydalanish usulimizni oʻzgartirmaydi. Lekin, “Do Not Track” (“Kuzatilmasin”) soʻrovingizga javob berish va oldindan xabar bermasdan maʼlumotlaringizning olinishini toʻxtatish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz.