Privacy Policy

Для получения наилучшего пользовательского опыта, пожалуйста, загрузите последнюю версию Internet Explorer или откройте страницу в другом браузере.

Популярные результаты

    Рекомендованные результаты

      введите больше параметров поиска

      Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasi

      Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasi yangilangan sana
      2018-yil, 15-aprel.

      Huawei Device Co., Ltd. va uning dunyo boʻylab joylashgan filiallari (birgalikda “Huawei”, “biz”, “bizga” va “bizning” deb yuritiladi) maxfiyligingizga jiddiy yondashadi. Shuning uchun biz shaxsiy maʼlumotlarni olish, foydalanish, oshkor qilish, himoyalash, saqlash, uzatish va boshqa jarayonlarni qamrab oluvchi Maxfiylik bayonnomasini (bundan keyingi oʻrinlarda “bu Bayonnoma” deb yuritiladi) ishlab chiqdik. Biroz vaqt ajratib bizning maxfiylik bayonnomamiz bilan tanishib chiqing va agar savollaringiz boʻlsa, bizga xabar bering.

      Shaxsiy ma’lumotlar deganda, elektron yoki boshqa shakldagi, yakka holda yoki boshqa ma’lumotlar bilan birgalikda muayyan shaxsni identifikatsiya qilish uchun ishlatiladigan yoki identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborot tushuniladi. Bu Bayonnoma shaxsiy axborotlaringizni Huawei kompaniyasi qanday qayta ishlashini tushuntiradi, lekin mahsulot yoki xizmatlarga tegishli maʼlumotlarni olish va qayta ishlash haqidagi axborotlar sizga qoʻshimcha eslatmalarda taqdim etilishi tufayli, barcha qayta ishlash jarayonlarini qamrab olmaydi. Shu sababli, muayyan mahsulot yoki xizmatdan foydalanishdan oldin maʼlumotingizdan qanday foydalanilishini tushunish uchun Huawei tomonidan ushbu mahsulot yoki xizmat uchun chiqarilgan maxfiylik eslatmasi yoki qoʻshimcha bayonnomani oʻqib chiqishingiz tavsiya etiladi.

      Ushbu Bayonnoma faqat Huawei kompaniyasining shaxsiy va maishiy mahsulotlari, jumladan, oddiy telefon, smartfon, noutbuk, planshet, taqiladigan qurilmalar, keng diapazonli mobil qurilmalar, smart maishiy texnikalar, aksessuarlar, kompyuter ilovalari, mobil aloqa xizmatlari, dasturiy taʼminot, uskunalar jamlanmasi, veb-saytlar va ushbu Bayonnomada keltirilgan yoki aytilgan xizmatlarni oʻz ichiga oladi.

      Mazkur bayonnomada quyidagilar tavsiflanadi:

      1. Huawei shaxsiy axborotlaringizni qanday oladi va foydalanadi

      2. Huawei cookie-fayllar va shunday texnologiyalardan qanday foydalanadi

      3. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday ulashadi

      4. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday himoya qiladi

      5. Shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday boshqara olasiz

      6. Huawei bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini qanday himoya qiladi

      7. Tashqi veb-sayt, mahsulot va xizmatlarga havolalar

      8. Shaxsiy maʼlumotlaringizni xalqaro uzatish

      9. Xalqaro foydalanuvchilar

      10. Mazkur bayonnomaning yangilanishi

      11. Biz bilan aloqa

      I. Huawei shaxsiy axborotlaringizni qanday oladi va foydalanadi

      A. Huawei tomonidan olinadigan shaxsiy axborotlar

      Huawei mahsulot yoki xizmatlaridan foydalanishdan oldin shaxsiy maʼlumotingizni kiritishingiz talab qilinishi mumkin. Shaxsiy axborotlaringizni Huawei kompaniyasiga taqdim etishga majbur emassiz, lekin, ayrim hollarda agar shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etmasangiz, biz ayrim tegishli mahsulot yoki xizmatlarni taqdim eta olmaymiz.

      Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni ushbu Bayonnomada keltirilgan maqsadlarda oladi va foydalanadi. Quyida olishimiz mumkin boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarga ayrim misollar keltirilgan:

      1. Huawei kompaniyasiga taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlaringiz

      Muayyan funksiya yoki xizmatlardan foydalanish uchun Huawei ID hisobini yaratishingiz kerak. Huawei ID hisobini yaratganingizda yoki onlayn xarid qilish, dasturlarni yuklab olish yoxud xizmatlarni xarid qilish uchun Huawei ID hisobingizga kirganingizda biz ism, e-pochta manzili, mobil telefon raqami, buyurtma haqidagi axborot, yetkazib berish manzili hamda toʻlov turi kabi shaxsiy axborotlarni taqdim etishingizni soʻraymiz.

      Huawei sizga ayrim fayl, rasm va boshqa maʼlumotlaringizni sinxronlash va zaxiralash imkonini beradigan bulutdagi xotira xizmatlarini taqdim etishi mumkin.

      Ayrim Huawei mahsulotlari sizga boshqalar bilan muloqot qilish va maʼlumot almashish imkonini beradi. Huawei mahsulotidan oilangiz va tanishlaringizga maʼlumot ulashish uchun foydalanganingizda, sizdan Huawei ID yaratish talab qilinishi mumkin. Unga ommaviy koʻrinadigan maʼlumotlar, jumladan, nik va avatar kabi maʼlumotlar kiradi. Huawei bunday shaxslarga oid maʼlumotlarni, masalan, ularning ismi, elektron pochtasi va telefon raqamini olishi mumkin. Huawei siz taqdim qilgan maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻradi. Agar boshqalarning maʼlumotlarini taqdim etayotgan boʻlsangiz, ular oʻz maʼlumotlarini Huawei kompaniyasiga taqdim qilishga rozilik berishi zarur.

      Hisoblardagi nomlarning haqiqiyligini tekshirishda ayrim yurisdiksiyalar talabini bajarish, kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketish yoki Internet toʻlovining oldini olish uchun Huawei shaxsingizni tasdiqlovchi, hukumat tomonidan berilgan hujjat yoki karta maʼlumotlarini taqdim etishingizni soʻrashi mumkin.

      2. Xizmatlardan foydalanilganda Huawei oladigan maʼlumotlar

      Huawei qurilmangiz, shuningdek, siz va qurilmangiz Huawei mahsulot va xizmatlari bilan qanday ma’lumot almashishi haqidagi maʼlumotlarni oladi. Bunday axborotlarga quyidagilar kiradi:

      (1) Qurilma va ilova haqidagi axborotlar, jumladan, qurilma nomi, qurilmaning identifikatsiya kodi (IMEI, ESN, MEID va SN), qurilmani faollashtirish vaqti, qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi, ilova versiyasi, dasturiy taʼminotining identifikatsiya kodi, qurilma va dastur sozlamalari (masalan mintaqa, til, vaqt mintaqasi va shrift oʻlchami).

      (2) Mobil tarmoq haqidagi axborot, jumladan, ommaviy yerusti mobil aloqa tarmogʻi (PLMN) provayderi ID raqami va Internet protokol (IP) manzili.

      (3) Jurnaldagi axborotlar. Huawei xizmatlaridan foydalanganingizda yoki Huawei taqdim etgan kontentni ochganingizda, Huawei kirish vaqti, kirishlar soni, IP manzil va hodisalar (xatolik, buzilish, qayta ishga tushish va yangilanishlar) haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda oladi va jurnalga qayd qiladi.

      (4) Joylashuv haqidagi axborot. Ayrim joylashuvga asoslangan xizmatlardan foydalanganingizda (masalan qidiruv, navigatsiya dasturidan foydalanganingizda yoki muayyan joyga oid ob-havo axborotini olganingizda) Huawei qurilmangizning taxminiy yoki aniq joylashuvi haqidagi axborotlarni oladi, foydalanadi yoki qayta ishlaydi. Joylashuv axboroti GPS, Wi-Fi va xizmat provayderining tarmoq ID raqami asosida olinishi mumkin. Biz sizdan joylashuv xizmatlarini yoqishni xohlagan ilovalarni tanlashingizni soʻraymiz. Joylashuv axborotingizni ulashishni rad etish uchun qurilma sozlamalarida muayyan xizmatlarning joylashuv axborotini olishini taqiqlashingiz mumkin.

      (5) Huawei serverlarida saqlaydigan axborotlaringiz. Masalan, bulutdagi xotiraga yuklagan maʼlumotlaringiz tezkor kirish hamda qurilmalar orasida oson ulashish uchun Huawei serverlarida saqlanadi. Biz Huawei serverlarida saqlaydigan axborotlaringizni ochmaymiz.

      3. Tashqi manbalardan olinadigan axborotlar

      Qonunlarda ruxsat berilgan hollarda, Huawei ommaviy va tijorat manbalaridan siz haqingizdagi maʼlumotlarni oladi. Shuningdek, Huawei tashqi ijtimoiy tarmoqlardan ayrim axborotlarni, masalan, Huawei veb-saytiga kirish uchun ijtimoiy tarmoq hisobidan foydalangan vaqtingizni qayd qilishi mumkin.

      4. Identifikatsiya qilinmaydigan maʼlumotlarni olish va foydalanish

      Identifikatsiya qilinmaydigan maʼlumotlar – bu biror shaxsni identifikatsiya qilish uchun ishlatilmaydigan maʼlumotlardir. Identifikatsiya qilinmaydigan maʼlumotlarga veb-saytga kirish, ilovani yuklab olish va mahsulotni sotish hajmi boʻyicha statistik maʼlumotlarni misol qilish mumkin. Huawei foydalanuvchilarning mahsulot va xizmatlarni qanday ishlatishini tushunish uchun statistik maʼlumotlarni oladi. Biz shu tariqa ehtiyojlaringizni yanada yaxshiroq qondirish uchun xizmatlarimizni rivojlantirishimiz mumkin.

      Biz shaxsiy maʼlumotlaringiz va shaxsni aniqlamaydigan maʼlumotlarni alohida saqlaymiz va ulardan alohida foydalanamiz. Ayrim hollarda Huawei o‘z xohishiga ko‘ra boshqa maqsadlarda shaxsni aniqlamaydigan ma’lumotlarni olishi, foydalanishi, oshkor qilishi va uzatishi mumkin.

      B. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizdan qanday foydalanadi

      Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

      (1) Siz xarid qilgan Huawei shaxsiy va maishiy mahsulotlarini registratsiya qilish va faollashtirish uchun.

      (2) Turli funksiya va mobil xizmatlardan kengroq foydalanishingiz uchun Huawei ID hisobini registratsiya qilish.

      (3) Siz soʻragan mahsulot va xizmatlarni yetkazib berish, faollashtirish yoki tasdiqlash yoki talablaringiz asosida yuqoridagi mahsulot va xizmatlarga oʻzgartirishlar kiritish, texnik xizmat koʻrsatish va sotuvdan keyingi xizmatlarni koʻrsatish uchun.

      (4) Sizga operatsion tizim yoki ilova yangilanishlari va oʻrnatish haqida bildirishnomalar yuborish uchun.

      (5) Moslangan foydalanuvchi taassuroti va kontentni taqdim etish uchun.

      (6) Sizni qiziqtirishi mumkin boʻlgan mahsulot va xizmatlar haqidagi maʼlumotlarni yuborish, Huawei promoaksiya va soʻrovnomalariga taklif qilish yoki marketing axborotlarini yuborish uchun. Agar fikringizdan qaytsangiz, istalgan payt roziligingizni bekor qilishingiz mumkin.

      (7) Ichki audit, maʼlumotlar tahlili va tadqiqotlarni oʻtkazish; biznes jarayonlarining samaradorligini tahlil qilish hamda bozordagi ulushlarni hisoblash; Huawei mahsulot va xizmatlarini takomillashtirish uchun.

      (8) Siz yuklagan yoki yuklab olgan maʼlumotlarni sinxronizatsiya qilish, ulashish va saqlash, shuningdek, yuklash va yuklab olish amallari uchun kerakli maʼlumotlar.

      (9) Zararlarning oldini olish va firibgarlikka qarshi dasturlarimizni takomillashtirish uchun.

      (10) Qonun va qoidalarga, masalan soliq, hukumat talablariga muvofiq jarayonlar uchun.

      (11) Muayyan xizmatlar yoki sizning roziligingizga asosan boshqa maqsadlarda.

      II. Huawei cookie-fayllar va shunday texnologiyalardan qanday foydalanadi

      A. Cookie-fayl

      Cookie-fayl – bu kompyuter yoki mobil qurilmada veb-server tomonidan yaratiladigan matnli fayl boʻlib, cookie-fayl kontentidan faqat uni yaratgan server foydalana oladi. Cookie-fayllar siz foydalanadigan brauzer yoki mobil ilova uchungina xosdir. Cookie-fayldagi matn odatda identifikatorlar, sayt nomlari va ayrim raqamlar va belgilardan tashkil topadi.

      Ba’zida, Huawei foydalanuvchi taassurotini yaxshilash maqsadida kompyuter va mobil qurilmalarda cookie-fayllarni saqlaydi, bunga quyidagilarni misol qilish mumkin:

      (1) Texnik cookie-fayllar: Kirish va tasdiqlash. Veb-saytga kirish uchun Huawei ID hisobidan foydalanganingizda, “seans asosidagi” cookie-fayllar ushbu sayt funksiyalariga kirishingizni imkon qadar muammosiz bo‘lishini ta’minlaydi. .

      (2) Personalizatsiya cookie-fayllari: Siz afzal ko‘rgan funksiyalar va sozlamalarni saqlash. Veb-sayt sozlamalar, jumladan, kompyuter yoki mobil qurilmangizdagi til sozlamasi va shrift oʻlchami, xarid savatingizdagi mahsulotlar hamda boshqa brauzer sozlamalarini saqlash uchun cookie-fayllardan foydalanishi mumkin.

      (3) Reklamaga doir cookie-fayllar. Huawei sizning onlayn faoliyatlaringiz va qiziqishlaringiz haqidagi maʼlumotlarni olish hamda sizga tegishli reklamalarni taqdim etish uchun cookie-fayllardan foydalanadi.

      (4) Statistik cookie-fayllar. Cookie-fayllar yordamida Huawei sizning veb-saytlar va boshqa ilovalarimizdan bir martalik tashrif (bitta seans cookie-faylidan foydalanish) yoki takroriy tashriflar (doimiy cookie-fayllardan foydalanish) asosida foydalanishingiz haqidagi maʼlumotlarni olishi mumkin.

      (5) Ijtimoiy tarmoqlarga tegishli cookie-fayllar. Ijtimoiy tarmoqlarga tegishli cookie-fayllar “Like” (”yoqdi”) tugmalari va “Share” (”ulashish”) tugmalari kabi uchinchi tomonlar taqdim etadigan xizmatlarga tegishli boʻladi. Uchinchi tomon bizning veb-saytlarimizga kirganingizni qayd qilganidan keyin ushbu xizmatlarni taqdim qiladi.

      Siz cookie-fayllarni mustaqil boshqarish yoki oʻchirib tashlashingiz mumkin. Tafsilotlar uchun AboutCookies.org. Kompyuteringizga saqlangan barcha cookie-fayllarni oʻchirib tashlashingiz mumkin, shuningdek, ommalashgan veb-brauzerlarda cookie-fayllarni bloklash imkoniyati ham mavjud. Biroq cookie-fayllar bloklansa, har safar veb-saytimizga tashrif buyurganingizda foydalanuvchi sozlamalarini oʻzgartirishingizga toʻgʻri keladi. Quyida brauzeringizdagi cookie-fayllar sozlamalarini qanday boshqarish haqida maʼlumot olishingiz mumkin: Internet Explorer > Google Chrome > Mozilla Firefox > Safari > Opera.

      Agar cookie-fayllarni oʻchirib tashlasangiz, keyingi safar Huawei veb-saytlariga kirganingizda sozlamalaringizni o‘zgartirishingiz kerak boʻladi. Huawei xizmatlaridan ayrimlari cookie-fayllardan foydalanishni talab qilishini unutmang. Cookie-fayllarni faolsizlantirish bu xizmatlarning ayrim yoki barcha funksiyalaridan foydalanishingizga taʼsir qilishi mumkin.

      B. Veb-mayoq va piksel-teglar

      Cookie-fayllardan tashqari Huawei va ayrim uchinchi tomonlar veb-saytlarda veb-mayoq va piksel-teglardan foydalanishi mumkin. Veb-mayoq bu veb-sayt yoki elektron pochtaga kirganingizda qurilmangizdagi cookie-fayllarni aniqlash uchun veb-sayt yoki elektron pochtaga joylashtirilgan elektron grafik tasvirdir. Piksel-teglar Huawei kompaniyasiga oʻqishga qulay hamda ochilgan yoki ochilmaganini aniqlash imkonini beradigan xatlarni yuborish imkonini beradi.

      Huawei va ayrim uchinchi tomonlar xizmatlardan foydalanishni tahlil qilish hamda kerakli kontent va reklamalarni taqdim qilish kabi maqsadlarda ushbu texnologiyalardan (cookie-fayllar bilan birga) foydalanadi. Masalan, siz Huawei kompaniyasidan xat olganingizda, unda Huawei veb-sahifasiga ulangan, ustiga bosiladigan URL havola boʻlishi mumkin. Bu havolani bossangiz, mahsulot va xizmatlar boʻyicha siz afzal koʻrgan jihatlarni oʻrganishda yordam berish hamda mijozlarga koʻrsatiladigan xizmatlarni yaxshilash uchun Huawei tashrifingizni kuzatadi. Bu shaklda kuzatilishni xohlamasangiz, istalgan payt Huawei xat yuborish xizmatiga obunangizni bekor qilishingiz mumkin.

      C. Boshqa mahalliy xotira

      Huawei va ayrim uchinchi tomonlar muayyan mahsulot va xizmatlarda mahalliy umumiy obyektlar (“Flash cookie-fayllar” deb ham nomlanadi) va HTML5 mahalliy xotira kabi boshqa mahalliy xotiralardan foydalanishi mumkin. Cookie-fayllar kabi, ushbu texnologiyalar qurilmangizda turli maʼlumotlarni saqlaydi hamda xatti-haralatingiz va qiziqishlaringiz haqidagi maʼlumotlarni qayd qilishi mumkin. Biroq bu texnologiyalar cookie-fayllardan boshqacha vositalardan foydalanishi mumkin. Shu sababli, ularni standart brauzer vositalari va sozlamalari yordamida boshqara olmasligingiz mumkin. Flash cookie-fayllaridagi axborotlarni qanday faolsizlantirish yoki oʻchirish tafsilotlari uchun bu yerga bosing.

      D. Do Not Track (Kuzatilmasin)

      Koʻpgina veb-brauzerlarda veb-saytlarga Do Not Track (Kuzatilmasin) soʻrovini yuborish imkonini beruvchi Do Not Track funksiyasi mavjud. Hozirgi kunda asosiy Internetni standartlashtirish tashkilotlari veb-saytlar bunday soʻrovlarni qanday qilib qayta ishlashi kerakligi haqida hech qanday siyosat ishlab chiqmagan. Brauzeringizda “Do Not Track” (“Kuzatilmasin”) funksiyasini yoqsangiz, barcha Huawei veb-saytlari talabingizni qondiradi.

      III. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday ulashadi

      Biz quyidagilardan tashqari holatlarda hech qanday kompaniya, tashkilot va shaxslarga shaxsiy maʼlumotlaringizni ulashmaymiz:

      (1) Rozilik asosida ulashish: Roziligingizni olgach, Huawei siz ruxsat bergan maʼlumotlarni tegishli uchinchi tomonlar yoki uchinchi tomon turkumlariga ulashadi.

      (2) Huquqiy majburiyatlar hamda qonun va qoidalarga muvofiq ravishda ulashish: Huawei axborotlaringizni qonun va qoidalarda talab qilingan shaklda huquqiy nizolarni hal qilish uchun yoki qonunchilikka binoan maʼmuriy yoki vakolatli sud organlari talab qilgan hollarda ulashishi mumkin.

      (3) Huawei filiallariga ulashish: Axborotlaringiz Huawei kompaniyasi filiallariga faqat oshkora va qonuniy maqsadlar uchun ulashilishi mumkin hamda bu ulashish faqatgina xizmatlar talab qiladigan maʼlumotlar bilan cheklanadi. Masalan, biz hisoblarni registratsiya qilishga ruxsat berishdan oldin ularning global jihatdan unikalligini tekshiramiz.

      (4) Biznes hamkorlarga ulashish: Ayrim mahsulotlar va/yoki xizmatlarni sizga bevosita hamkorlarimiz taqdim etadi. Huawei axborotingizni ularga ulashishi, ular esa sizga kerakli mahsulot va/yoki xizmatlarni (masalan, Huawei elektron tijorat platformasi orqali uchinchi tomon sotuvchisidan xarid qilinadigan mahsulotlar, Huawei ilovasi orqali boshqa kompaniyalar taqdim qiladigan video kontent) sizga taqdim etish, qiziqishlaringizni taxminan aniqlash hamda sizni reklama, tashviqot materiallari bilan taʼminlash uchun axborotlaringizdan foydalanishi mumkin

      (5) Xizmat provayderlariga ulashish: Shuningdek, Huawei xizmatlarni sizga oʻz yoki bizning nomimizdan taqdim etadigan kompaniyalarga ham axborotlaringizni oshkor qilishi mumkin. Mazkur xizmat provayderlariga misol sifatida mijozlarga yordam xizmati tezkor raqami xizmatlari, elektron xat yuborish xizmatlarini taqdim etuvchi yoki Huawei nomidan texnik yordam koʻrsatuvchi kompaniyalarni keltirish mumkin. Huawei bunday shaxsiy axborotlaringizni xizmat provayderiga faqat tegishli xizmatlarni sizga taqdim etishi uchun ulashadi hamda xizmat provayderlari axborotlaringizdan faqat xizmatlarni sizga taqdim etish maqsadlarida foydalana oladi.

      (6) Huawei axborotlaringizni faqat talab qilingan holatlarda, masalan, amaldagi qonunchilik, tartib-qoidalar, sud ishi yoki davlatning sud tartibida bajarilishi kerak boʻlgan talablarini qondirishda ulashishi mumkin.

      3-dan 6-paragrafgacha boʻlgan vaziyatlarda Huawei bunday ulashishning qonunga muvofiqligini tekshiradi va qatʼiy oshkor etmaslik kelishuvlari va/yoki maʼlumotlar ulashilgan kompaniya, tashkilot va jismoniy shaxslar bilan maʼlumotlarni qayta ishlash yuzasidan tegishli qoidalarni imzolaydi va ulardan ushbu Bayonnomaga rioya qilish barobarida, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashda tegishli tarzda maxfiylik va xavfsizlik choralarini koʻrishni talab qiladi.

      IV. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday himoya qiladi

      Huawei shaxsiy maʼlumotlaringiz xavfsizligiga jiddiy yondashadi va ularni himoya qilish hamda ruxsatsiz foydalanish, shuningdek, ularning oshkora qilish, ulardan foydalanish, oʻzgartirish, zarar yetkazish yoki yoʻqotilishining oldini olish uchun sohadagi standart tajribalarni tatbiq qiladi. Shu maqsadda Huawei kompaniyasi quyidagi choralarni ko‘radi:

      (1) Biz olinadigan shaxsiy maʼlumotlar miqdorining minimal boʻlishi hamda ular qayta ishlash maqsadlaridagi ehtiyojni qondirish bilan bogʻliqligini taʼminlash uchun oqilona va amaliy choralar koʻramiz. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni ushbu Bayonnomada va muayyan mahsulot yoki xizmatlarning maxfiylik eslatmasida bayon qilingan maqsadlar uchun zarur muddatgacha saqlaymiz. Saqlash muddatini uzaytirish qonun tomonidan talab qilingan yoki taqiqlangan holatlar bundan mustasno.

      (2) Biz maʼlumotlarni uzatishda axborot xavfsizligini taʼminlash uchun kriptografiya kabi bir qator texnologiyalardan foydalanamiz. Biz ishonchli himoya mexanizmlari yordamida maʼlumotlar va maʼlumotlar saqlanadigan serverlarni turli hujumlardan himoyalaymiz.

      (3) Biz shaxsiy maʼlumotlaringizdan faqat ruxsat berilgan xodimlar foydalana olishini taʼminlash uchun kirishni nazorat qilish mexanizmlaridan foydalanamiz. Bundan tashqari, biz xizmat koʻrsatish talablari va shaxsiy darajalarga asoslangan holda, maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat berilgan xodimlarning sonini nazorat qilamiz va ular uchun iyerarxik ruxsat boshqaruvini joriy qilamiz.

      (4) Biz biznes hamkorlar hamda xizmat provayderlarini qat’iy talablar asosida tanlaymiz hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish talablarini tijoriy shartnomalar, audit va baholash faoliyatiga kiritamiz.

      (5) Biz xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash boʻyicha malakasini oshirish maqsadida, xavfsizlik va maxfiylik muhofazasi boʻyicha kurslar, testlar va ommaviy tadbirlarni tashkil qilamiz.

      Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilishni oʻz zimmasiga oladi. Shunga qaramay, hech qanday xavfsizlik chorasi mukammal hisoblanmaydi va mahsulot, xizmat, veb-sayt, axborot uzatish jarayoni, hisoblash tizimi yoki tarmoq aloqasi mutlaqo xavfsiz boʻlmaydi.

      Huawei shaxsiy maʼlumotlarning oshkor etilishi, shikastlanishi va yoʻqotilishi kabi ehtimoliy xatarlarning oldini olish uchun bir nechta mexanizmlar va nazorat choralarini ishlab chiqqan, xavfsizlikka oid holatlar va zaifliklar standartlari, shuningdek, maʼlumotlarni tegishli tarzda qayta ishlash tartiblarini aniq belgilab olgan hamda alohida Xavfsizlik yuzasidan maslahatlar va xavfsizlik eslatmasi sahifasini yaratgan. Huawei xavfsizlikni taʼminlashni rejalashtirish, yoʻqotishlarni kamaytirish, tahlil, joylashtirish hamda tuzatishlarni amalga oshirish va xavfsizlik tizimidagi muammoli holatlarni bartaraf etish qoidalari va talablariga asosan tegishli boʻlinmalar bilan kuzatuvni amalga oshirish uchun maxsus favqulodda holatlar guruhini tashkil qilgan.

      Sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz bo‘yicha muammoli vaziyat yuzaga kelsa, Huawei tegishli huquqiy hujjatlar va tartib-qoidalar talablarga muvofiq o‘sha muammoli vaziyat va uning ehtimoliy ta’siri, Huawei ko‘rgan yoki ko‘radigan choralar, faol himoyalanish va xavfni kamaytirish bo‘yicha takliflar va uni bartaraf qilish tadbirlari haqida sizga bildirgi beradi. Bu bildirishnoma elektron pochta orqali xabar, matnli xabar, majburiy bildirishnomalar va boshqa shaklida bo‘lishi mumkin. Agar ma’lumotlar mavzusini birma-bir bildirish qiyin bo‘lsa, biz Xavfsizlik bildirishnomasi chiqarish uchun tegishli va samarali choralarni ko‘ramiz. Bundan tashqari, biz, vakolatli organlar talabiga asosan shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi boʻyicha muammoli vaziyatning nazorat holati haqida ham xabar beramiz.

      V. Shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday boshqara olasiz

      A. Kirish, tuzatish, oʻchirish, maʼlumotlarni boshqa shaklga oʻtkazish, qayta ishlashni cheklash, qayta ishlashga eʼtiroz bildirish.

      Huawei mahsulot va xizmatlarini taqdim etadigan yoki Huawei shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlaydigan ayrim mamlakat va hududlardagi qonunlarga muvofiq maʼlumotlarga kirish, ularni tuzatish, tozalab tashlash yoki oʻchirishga doir talablar (bundan keyin “talablar” deb yuritiladi) tegishli tarzda amalga oshiriladi va Huawei bunday shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Shuningdek, maʼlumot subyektlari maʼlumotlarni boshqa shaklga oʻtkazish va cheklash hamda ularga tegishli shaxsiy maʼlumotlarning Huawei tomonidan qayta ishlanishiga eʼtiroz bildirish, jumladan, bunday qayta ishlash rozilik asosida amalga oshiriladigan holatlarda rozilikni bekor qilish huquqiga ega.

      1. Soʻrov holatlari va kanallari

      Maʼlumotlar subyektlarining soʻrovlari Huawei tomonidan belgilangan maxfiylik kanallariga muvofiq yuborilishi zarur. Soʻrovchi tegishli so‘rovlarni asoslovchi qonunlarni koʻrsatmagan hollarda ham bunday soʻrovlar haqiqiy hisoblanadi.

      Maʼlumot subyektlarining soʻrovlari Huawei kompaniyasining mijozlar bilan ishlash rasmiy veb-sayti yoki Huawei Mobile Service ilovalarining istalgan biri, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, Huawei ID, AppGallery hamda HiCare orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar maʼlumot obyekti ishonch telefoni, elektron pochta, onlayn mijozlarga xizmat markazi, servis markazi yoki boshqa kanallar orqali soʻrov yuborsa, aloqaga koʻmaklashish hamda yutuq va natijalar haqida fikr-mulohaza olish uchun maʼlumot obyektiga yuqorida qayd etilgan kanallardan biri orqali soʻrovni rasman amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalarni beramiz. Ma’lumot subyektlari uchun belgilangan soʻrov kanallari maʼlumot subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, Huawei kompaniyasining ish barqarorligini taʼminlash hamda notoʻgʻri foydalanish yoki firibgarlik yoʻli bilan foydalanishning oldini olishga moʻljallangan.

      2. Soʻrovlarning yaroqliligi

      Qonunlar asosan soʻrov amalga oshirilganida maʼlumot subyektlarining muayyan talablarga amal qilishini talab qiladi. Mazkur Bayonnoma maʼlumotlar subyektlaridan quyidagilarni talab qiladi:

      (1) Soʻrovlarni Huawei tomonidan taqdim qilingan alohida soʻrov kanallari orqali yuborish (aynan, Huawei kompaniyasining mijozlar bilan ishlash rasmiy veb-sayti yoki Huawei Mobile Service ilovalari, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, Huawei ID, AppGallery va HiCare).

      (2) Ularning shaxsini aniqlash uchun Huawei kompaniyasiga yetarli maʼlumotni taqdim eting (maʼlumotlar subyektlari yuzasidan soʻrovlarni amalga oshirgan shaxslarning o‘zi yoki ularning vakiliga berilishini taʼminlash uchun).

      (3) Ularning talablari aniq va bajarsa boʻladigan ekaniga ishonch hosil qiling.

      Qonun va qoidalarda koʻrsatilgan, ularga asosan Huawei soʻrovni toʻla yoki butunlay bajara olmaydigan ayrim holatlar mavjud.

      B. Rozilikni bekor qilish

      Siz oʻz roziligingiz asosida va qayta ko‘rib chiqilgunga qadar maʼlumotlarni qayta ishlash jarayonining qonuniyligini buzmasdan, ruxsat etilgan shaxsiy maʼlumotlarni olish ko‘lamini oʻzgartirishingiz yoki roziligingizni bekor qilishingiz mumkin.

      Sizning huquqlaringiz Huawei mahsulotidagi ma’lumotlarni o‘chirish, tegishli funksiyalarni o‘chirib qo‘yish yoki maxfiylik sozlamalarini o‘rnatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Huawei maxfiylik bayonnomasida yoki mahsulot va xizmatlarning qo‘shimcha bildirishnomasida yoki yuqoridagi A qismiga binoan talab bo‘yicha maxsus mahsulot va xizmatlar bo‘yicha rozilikni bekor qilish usullarini e’lon qiladi.

      C. Huawei ID hisobini oʻchirib tashlash

      Huawei ID hisobingizni Huawei ID hisobiga aloqador mahsulotlardan oʻchirib tashlashingiz mumkin. Huawei ID hisobingiz oʻchirib tashlangach, sizga Huawei ID hisobini talab qiluvchi mahsulot va xizmatlarni taqdim etishni toʻxtatamiz hamda qonunda buning aksi talab qilinmagan hollarda, shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirib tashlaymiz. Oʻchirib tashlangach, Huawei ID hisobingiz qayta tiklanmaydi. Agar yana Huawei ID hisobiga aloqador mahsulot va xizmatlardam foydalanishni xohlasangiz, yangidan Huawei ID yaratishingiz zarur. Tegishli qurilma, ilova yoki rasmiy veb-saytga Huawei ID bilan kirganingizdan keyin sozlama menyusi orqali hisobni oʻchirish haqida murojaat yuborish va bu jarayonni yakunlashingiz mumkin.

      VI. Huawei bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini qanday himoya qiladi

      Huawei kompaniyasining shaxsiy va maishiy mahsulotlari kattalar uchun moʻljallangan. Biroq bolalar Huawei mahsulot va xizmatlaridan foydalanishi uchun biz maxfiylik va xavfsizlikni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha profilaktika choralarini ko‘rish muhimligidan to‘liq xabardormiz. Huawei ma’lumotlar mavzulari mahalliy davlatlar va hududlar qonunlariga binoan koʻpchilik yoshiga muvofiqligi asosida bolalarga mos kelish yoki kelmasligini aniqlaydi.

      Ota-onalik javobgarligiga ega shaxslarning roziligi asosida bolalarning shaxsiy maʼlumotlari olinganida, biz faqat qonun doirasida, ota-onalik javobgarligiga ega shaxslar tomonidan rozilik berilgan yoki bolalarni himoya qilish uchun talab qilinadigan ma’lumotlardan foydalanamiz yoki ularni oshkor qilamiz. Ota-onalik javobgarligiga ega shaxslar, agar ular o‘z farzandlari va vasiyligida boʻlganlarning shaxsiy maʼlumotlariga kirish, ularni o‘zgartirish yoki oʻchirishi kerak bo‘lsa, “IV. Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday himoya qiladi” boʻlimida keltirilgan usullar orqali bizga murojaat qilishlari mumkin.

      Agar Huawei tasodifan ota-onalik javobgarligiga ega shaxslarning roziligisiz bolalarning shaxsiy maʼlumotlarini olsa, Huawei bundan xabar topgani zahoti unday maʼlumotlarni oʻchirib tashlaydi.

      VII. Tashqi veb-sayt, mahsulot va xizmatlarga havolalar

      Huawei veb-saytlari, ilova dasturlari, mahsulot va xizmatlarida uchinchi tomon veb-saytlari, mahsulot va xizmatlariga havola o‘rin olgan bo‘lishi mumkin. Huawei mahsulot va xizmatlari uchinchi tomon mahsulot yoki xizmatlaridan foydalanishi yoki ularni taqdim etishi ham mumkin. Masalan, AppGallery Huawei ilovalar doʻkonida chiqarilgan tashqi ilovalar.

      Tashqi veb-sayt, mahsulot va xizmatlarga qilingan barcha havolalar faqat foydalanuvchilar qulayligi uchun taqdim etiladi. Bunday havolalardan foydalanishga oʻzingiz qaror qilishingiz zarur. Shaxsiy maʼlumotingizni uchinchi tomonlarga yuborishdan oldin ushbu uchinchi tomonlarning maxfiylik siyosati bilan tanishing.

      VIII. Shaxsiy maʼlumotlaringizni xalqaro uzatish

      Bizning mahsulot va xizmatlar turli hududlarda joylashgan manba va serverlar orqali taqdim etiladi. Mahsulot va xizmatlarimizni yetkazib berishda biz shaxsiy maʼlumotlaringizni bir nechta davlatlar orqali yuborishimiz mumkin. Huawei vakolatli xodimlari hamda bizning nomimizdan ish yurituvchi uchinchi tomonlar shaxsiy maʼlumotlaringizga siz ularni taqdim qilgan mamlakat/hududdan boshqa bir mamlakat/hududda kirishi, ulardan foydalanishi va qayta ishlashi mumkin, shuningdek, oʻsha mamlakat/mintaqadagi axborot himoyasi qonunlari siz ushbu maʼlumotlarni taqdim qilgan mamlakat/mintaqadagiga nisbatan kuchsizroq boʻlishi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqa mamlakat/mintaqalarga yuborganimizda, ularni ushbu Bayonnomada keltirilganidek yoki maʼlumotlar olingan paytda sizga aytilganidek himoya qilamiz (masalan, maxfiylik eslatmasi yoki muayyan mahsulot yoki xizmatning qoʻshimcha bayonnomasi orqali).

      Huawei kompaniyasi shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash borasida turli axborot muhofazasi qonunlari bilan himoyalangan global maxfiylik tajribasini amaliyotga tatbiq qildi. Huawei biz faoliyat yuritayotgan davlatlar o‘rtasida shaxsiy ma’lumotni amaldagi axborot muhofazasi qonunlari, jumladan, xavfsizlik va maʼlumotlarni qayta ishlash standart va shartlariga muvofiq amalga oshiradi.

      Yevropa Ittifoqi yoki Shveytsariya hududidan shaxsiy maʼlumotlarni olishda biz Yevropa iqtisodiy hududi (“YIH”) yoki Shveytsariyadan tashqaridagi mamlakatlarga shaxsiy maʼlumotlarni uzatish yuzasidan maqsadga muvofiq himoya choralarini taqdim etadigan amaldagi qonun talablariga rioya qilamiz. Shaxsiy maʼlumotlarni xorijga uzatish uchun biz standart shartnoma shartlari kabi turli huquqiy mexanizmlardan foydalanamiz; yoki maʼlumotlarni xorijga uzatishdan oldin ularni anonimlashtirish kabi xavfsizlik choralarini qoʻllaymiz.

      IX. Xalqaro foydalanuvchilar

      Agar siz Huawei mijoz bulutdagi xizmatlaridan Yevropa iqtisodiy hududiga (YIH) aʼzo davlat yoki Shveytsariya, Albaniya, Andorra, Bosniya, Farer orollari, Gibraltar, Grenlandiya, Makedoniya, Moldova, Monako, Chernogoriya, San-Marino, Serbiya, Vatikan, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH va Kanadada foydalansangiz, Irlandiyadagi Aspiegel Limited kompaniyasi axborot nazoratchisi hisoblanadi.

      Agar siz AQSH Huawei onlayn doʻkonidan (www.hihonor.com/us) foydalansangiz, Huawei Device USA, Inc axborot nazoratchisi hisoblanadi.

      Agar Yevropa Huawei onlayn doʻkonidan foydalansangiz, Huawei Technologies Dusseldorf GmbH axborot nazoratchisi hisoblanadi.

      X. Mazkur Bayonnomaga kiritiladigan yangilanishlar

      Huawei ushbu Bayonnomani istalgan vaqtda yangilash huquqini oʻzida saqlab qoladi.

      Mazkur Bayonnoma vaqti-vaqti bilan qayta koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda Huawei turli kanallar orqali oʻzgarishlar haqida xabar beradi. Masalan, eng yangi versiya quyidagi mijozlar rasmiy veb-saytimizga joylashtiriladi: http://consumer.huawei.com.

      Mazkur Bayonnomadagi “asosiy o‘zgarishlar” quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin bular bilan cheklanmaydi:

      (1) Xizmat koʻrsatish jarayonidagi asosiy oʻzgarishlar, masalan, shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashdan maqsad, qayta ishlangan shaxsiy maʼlumotlar turlari hamda shaxsiy maʼlumotlardan foydalanish usullari

      (2) Mulkchilik shakli, tashkiliy tuzilmamizdagi asosiy oʻzgarishlar, masalan, biznesni tartibga solish, bankrotlik yoki sotib olish sababli egalik huquqining oʻzgarishi

      (3) Shaxsiy maʼlumotlarni ulashish, uzatish yoki oshkor qilishda asosiy obyektlardagi oʻzgarishlar

      (4) Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashga oid huquqlaringiz hamda ushbu huquqlardan foydalanishingiz borasidagi asosiy oʻzgarishlar

      (5) Huawei boʻlinmalari, aloqa maʼlumotlari va shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash xavfsizligiga masʼul murojaat kanallaridagi oʻzgarishlar

      (6) Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligiga taʼsirni baholash hisobotlarida belgilangan jiddiy xavf-xatarlar

      XI. Biz bilan aloqa

      Agar biror savol, fikr-mulohaza yoki takliflaringiz boʻlsa, biz bilan aloqa sahifasi yoki ularni global ofislarimizdan biriga yuborish orqali bizga murojaat qiling. Huawei ofislarining toʻliq roʻyxatini olish uchun global ofislar sahifasiga kiring.

      Bizda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha alohida boʻlim (yoki axborot muhofazasi boʻyicha xodim) mavjud. Siz dpo@huawei.com manzili orqali ularga murojaat qilishingiz mumkin.

      Maʼlumot subyektining soʻrovlari Huawei kompaniyasining rasmiy mijozlar veb-sayti yoki Huawei Mobile Service ilovalarining istalgan biri, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, Huawei ID, AppGallery va HiCare orqali yuborilishi mumkin.

      Eslatma: Mahalliy qonunlar va tillardagi farqlar tufayli, Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasining mahalliy versiyalari ushbu versiyadan farq qilishi mumkin. Mazkur masalada nizoli vaziyatlar yuzaga kelsa, mahalliy versiyalar ustunlikka ega boʻladi.

      ©2018 Huawei Device Co., Ltd. Barcha huquqlar himoyalangan.

      :