privacy-statement-huawei

HUQUQIY
Bu Bayonnomada quyidagilar tavsiflanadi:
Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasi

Huawei Device Co., Ltd. va uning dunyo bo‘ylab filiallari (umumiy tarzda “Huawei”, “biz”, “bizga” yoki “bizning”) maxfiyligingizga hurmat bilan qaraydi. Bu bilan biz shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday olish, ishlatish, oshkor qilish, himoyalash, saqlash va uzatishimizni tushunib olishingizga yordam berish uchun ushbu Maxfiylik bayonnomasini (bundan keyin “ushbu Bayonnoma” deb yuritiladi) ishlab chiqdik. Bu Bayonnomani diqqat bilan oʻqib chiqishga biroz vaqt ajrating va agar savollaringiz boʻlsa, bizga murojaat qiling.

Bu Bayonnoma ushbu Bayonnomada tasvirlangan yoki zikr qilingan Huawei mahsulotlari va xizmatlariga, jumladan, tugmali telefonlar, smartfonlar, noutbuklar/planshetlar, Huawei Vision, taqiladigan qurilmalar, mobil keng aloqa kanalli qurilmalar, uy routerlari, smart uy jihozlari, aksessuarlar, kompyuter ilovalari, mobil Internet ilovalari (“ilovalar” deb yuritiladi), dasturlar, vositalar majmualari, veb-saytlar va xizmatlarga nisbatan tatbiq qilinadi.

Bu Bayonnomadan tashqari, biz Huawei maxfiylik bayonnomasi yoki ishlatiladigan mahsulot yoki xizmatga xos qoʻshimcha eslatmani (“Mahsulot maxfiylik eslatmasi” deb yuritiladi) diqqat bilan oʻqib chiqishingizni tavsiya etamiz. Mahsulot maxfiylik eslatmasi ushbu Bayonnomaning muhim qismidir. U har bir mahsulot yoki xizmat shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashi, axborot yuzasidan huquqlaringizdan qanday foydalanish va nazoratchilarga qanday murojaat qilish kabi asosiy axborotlarni taqdim etadi. Bu Bayonnoma bilan har qanday zid boʻlgan hollatda Mahsulot maxfiylik eslatmasi ustun hisoblanadi. Boshqa qismlar uchun ushbu Bayonnoma ustun hisoblanadi.

1 Huawei shaxsiy axborotlaringizni qanday oladi va foydalanadi

1. Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday oladi

Shaxsiy axborot deganda, anonimlashtirilgan axborotdan tashqari elektron qayd qilingan yoki boshqacha tarzda identifikatsiya qilingan yoki identifikatsiya qilish mumkin boʻlgan jismoniy shaxsga aloqador har qanday turdagi axborot tushuniladi. Biz mahsulot yoki xizmatlarimizdan foydalanganingizda yoki biz bilan munosabatga kirishganingizda shaxsiy ma’lumotlaringizni olishimiz mumkin. Siz foydalanadigan xizmat va biz bilan munosabatlaringizda qarab har xil turdagi maʼlumotlar olinadi. Ayrim holatlarda bunday maʼlumotlarni taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin, lekin bu sizga mos mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim etishimizning oldini olishi mumkin yoki siz koʻtargan muammolarga javob bera olmasligimiz yoki hal qila olmasligimizni anglatishi mumkin.

Sizga tegishli mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim etganda mahsulot va xizmatlarimizdan qanday foydalanilayotganini tushunish uchun biz veb-sayt tashriflari, ilova yuklanmalari va mahsulot sotuv hajmi kabi statistikalarni olish va umumlashtirishimiz mumkin. Bu Bayonnoma maqsadlari uchun yuqoridagi statistikaga shaxsiy boʻlmagan ma’lumotlar sifatida qaraladi. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlardan ajratish va ularni alohida ishlatish uchun qoʻlimizdan kelganicha harakat qilamiz. Shaxsiy boʻlmagan ma’lumotlar bilan aralashgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan shaxsiy ma’lumotlar sifatida qaraladi.

Shaxsiy maʼlumotlaringiz faqat ushbu Bayonnoma va Mahsulot maxfiylik eslatmasida keltirilgan maqsadlarda olinadi va ulardan foydalaniladi. Quyida biz olishimiz mumkin boʻlgan shaxsiy maʼlumotlarning ayrim namunalari keltirilgan:

(1) Huawei kompaniyasiga taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlaringiz

Muayyan funksiya yoki xizmatlardan foydalanish uchun HUAWEI ID hisobini yaratishingiz kerak. HUAWEI ID hisobini registratsiya qilganingizda yoki onlayn xarid qilish, dasturni yuklab olish yoki xizmatlarni xarid qilish uchun HUAWEI ID bilan hisobingizga kirganingizda biz sizning ism, email manzili, mobil telefon raqami, buyurtma axboroti, yetkazib berish manzili va to‘lov usullari kabi tegishli shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin.

Ayrim Huawei mahsulotlari sizga boshqalar bilan muloqot qilish va maʼlumot almashish imkonini beradi. Huawei mahsulotlaridan oila va tanishlaringizga kontentlarni ulashish uchun foydalanganingizda nik va avataringizni oʻz ichiga oladigan ochiq HUAWEI ID profilini yaratishingiz kerak boʻlishi mumkin. Biz oila va tanishlaringizning ismlari, email manzillari va telefon raqamlari kabi ular haqidagi axborotlarni olishimiz ham mumkin. Biz ularning aloqalari xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli va zarur choralarni koʻramiz.

Haqiqiy ismli hisob registratsiyasi, oʻyinlarga qaramlikning oldini olish tizimlari va Internet toʻlovlari, shuningdek, boshqa talablar yuzasidan muayyan yurisdiksiyalar talablariga javob berish uchun biz sizdan mahalliy hukumatlar tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar yoki tegishli karta axborotini taqdim etishni soʻrashimiz mumkin.

(2) Xizmatlardan foydalanganingizda Huawei oladigan axborotlar

Mahsulot va xizmatlarimizdan foydalanganingizda biz qurilmangiz haqidagi axborot hamda siz va qurilmangiz mahsulot va xizmatlarimiz bilan qanday munosabatga kirishishi haqidagi axborotni olamiz. Bunday axborotlarga quyidagilar kiradi:

  • Qurilma va ilova haqidagi axborot, masalan, qurilma nomi, qurilma identifikatori, qurilmani faollashtirish vaqti, apparat qismi modeli, operatsion tizim versiyasi, ilova versiyasi, dastur identifikatori hamda qurilma va ilova sozlamalari (masalan, mintaqa, til, vaqt mintaqasi va shrift oʻlchami).

  • Mobil tarmoq haqidagi axborot, masalan, siz foydalanayotgan ommaviy yerusti mobil tarmoq (PLMN) provayderi identifikatori, geografik joylashuv (qurilma joylashgan hududning cell ID axboroti) hamda Internet protokoli (IP) manzili.

  • Jurnal axboroti. Huawei xizmatlaridan foydalanganingizda yoki Huawei taqdim etgan kontentni ochganingizda biz kirish vaqti, kirishlar soni, IP manzil va hodisalar haqidagi axborot (xatolik, buzilish, qayta ishga tushish va yangilanishlar) kabi ayrim axborotlarni avtomatik ravishda olamiz va jurnalga qayd qilamiz.

  • Joylashuv axboroti. Muayyan joylashuvga asoslangan xizmatlardan (masalan, qidiruvlarni amalga oshirish, navigatsiya dasturidan foydalanish yoki muayyan geolokatsiya uchun ob-havoni koʻrish) foydalanganingizda, biz taxminiy va aniq joylashuvingizni olamiz, ishlatamiz va qayta ishlaymiz. Bunday axborotlar GPS, Wi-Fi yoki xizmat provayderi tarmoq identifikatori orqali olinishi mumkin. Biz sizdan joylashuvni aniqlash xizmatlarini yoqmoqchi boʻlgan ilovalarni tanlashingizni soʻraymiz. Qurilmangiz sozlamalarida tegishli ruxsatni faolsizlantirish orqali joylashuvingizni ulashishni rad etishingiz mumkin.

  • Bulutdagi xotiraga saqlangan axborotlar. Masalan, bulutdagi xotiraga yuklagan maʼlumotlaringiz tezkor kirish hamda qurilmalar orasida oson ulashish uchun serverlarimizda saqlanadi. Ruxsatingizsiz hech kim bunday axborotlarga kirishi huquqiga ega emas.

(3) Tashqi manbalardan olinadigan axborotlar

Mahalliy qonunlarda ruxsat berilgan hollarda biz ommaviy yoki qonuniy tijoriy manbalardan siz, qurilmangiz yoki xizmatdan foydalanishingiz haqidagi boshqa axborotlarni olishimiz ham mumkin. Masalan, veb-saytimizga tashqi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali kirganingizda yoki aloqa axborotingiz aloqa xizmatlarimizdan foydalanadigan boshqalar tomonidan yuklanganida axborotlaringizni uchinchi tomondan olishimiz mumkin.

2. Huawei shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanadi

Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan faqat qonuniy asosda foydalanamiz. Amaldagi mahalliy qonunlarga muvofiq, biz shaxsiy ma’lumotlaringizda quyidagi maqsadlarda qonuniy asoslardan birida foydalanishimiz mumkin: roziligingiz; siz va Huawei oʻrtasida shartnomani amalga oshirish/tuzish uchun zarur; siz yoki boshqalarning qonuniy manfaatlarini himoyalash uchun zarur; qonuniy majburiyatlarni bajarish uchun zarur; va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoyalash uchun zarur:

  • Siz xarid qilgan mahsulotlar yoki xizmatlarimizni registratsiya qilish va faollashtirish;

  • HUAWEI ID hisobingizni registratsiya qilish, shunda kengroq funksiyalar va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin;

  • Siz talab qilgan mahsulot va xizmatlarni yetkazish, faollashtirish yoki tasdiqlash yoki talabingizga koʻra bunday takliflar uchun oʻzgarishlarni amalga oshirish hamda texnik yordam va sotuvdan keyingi xizmatlarni taqdim etish;

  • Sizni operatsion tizim yoki ilovalar yangilanish va oʻrnatishlari haqida xabardor qilish;

  • Moslangan foydalanuvchi taassuroti va kontentni taqdim etish;

  • Ruxsatingiz yoki soʻrovingizni olganimizdan keyin sizga qiziqishingiz mumkin boʻlgan mahsulot va xizmatlar haqida axborot yuborish, sizni promoaksiya tadbirlari va bozorni oʻrganishga oid soʻrovnomalarga taklif qilish yoki sizga marketing axborotlarini yuborish;

  • Ichki audit, maʼlumotlar tahlili va tadqiqot oʻtkazish; biznes amaliyotlari samaradorligini tahlil qilish va bozor ulushlarini hisoblash hamda mahsulot va xizmatlarimizni yaxshilash;

  • Siz bizga xatolik tafsilotlarini yuborganingizdan keyin muammolarni hal qilish;

  • Siz yuklagan yoki yuklab olgan maʼlumotlarni, shuningdek, yuklash va yuklab olish amallari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni sinxronlash;

  • Zararlarning oldini olish va firibgarlikka qarshi dasturlarni yaxshilash;

  • Amaldagi qonunlar/normativ hujjatlarga amal qilish, masalan, e-tijorat platformasi boshqaruv majburiyatlarini bajarish yoki qonuniy hukumat talablariga amal qilish;

  • Mahsulot maxfiylik eslatmasida tavsiflangan boshqa maqsadlar.

2 Huawei cookie-fayllar va oʻxshash texnologiyalardan qanday foydalanadi

Biz veb-sayt, mobil ilova, onlayn xizmat, email va reklamalarimizda cookie-fayl, pikselli teg, veb-mayoq va boshqa mahalliy saqlash texnologiyalaridan foydalanishimiz mumkin. Cookie-fayllar va oʻxshash texnologiyalar orqali olingan axborotlarga shaxsiy boʻlmagan ma’lumotlar sifatida qaraladi. Lekin mahalliy qonunlar IP manzillar yoki oʻxshash texnologiyalarni shaxsiy maʼlumotlar deb hisoblasa, biz ham ularni shaxsiy maʼlumotlar deb hisoblaymiz. Ayrim holatlarda biz ushbu texnologiyalar yordamida olingan shaxsiy boʻlmagan maʼlumotlarni biz saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlar bilan aralashtiramiz. Bu Bayonnoma maqsadlari uchun aralashtirilgan maʼlumotlarni shaxsiy ma’lumotlarni deb hisoblaymiz.

Cookie-fayl – bu veb-server tomonidan yaratiladigan va kompyuter yoki mobil qurilmada saqlanadigan matnli fayldir. Cookie-fayl kontenti faqat ushbu cookie-faylni yaratgan server tomonidan olinishi yoki oʻqilishi mumkin. Cookie-fayllar siz foydalanadigan brauzer yoki mobil ilova uchungina xosdir. Ular odatda identifikatorlar, sayt nomlari, raqamlar va belgilardan iborat boʻladi.

Cookie-fayllar ayrim hollarda foydalanuvchi taassurotini yaxshilash uchun kompyuterlar yoki mobil qurilmalarda saqlanadi, jumladan:

  • Zarur cookie-fayllar:

    Hisobga kirish va tasdiqlash. HUAWEI ID hisobingizdan veb-saytga kirish uchun foydalanganingizda cookie-fayllar har bir sahifada qayta hisobga kirishga toʻgʻri kelmasdan sahifadan sahifaga oʻtishingizga yordam berishi mumkin.

    Siz afzal ko‘rgan funksiyalar va sozlamalarni saqlash. Veb-saytlar kompyuter yoki mobil qurilmalaringizda til, shrift oʻlchami, xarid savatchasi kabi shaxsiy sozlamalar va boshqa veb-sahifalarni kezish parametrlarini saqlash uchun cookie-fayllardan foydalanishi mumkin.

  • Tahliliy cookie-fayllar: Statistik tahlil. Cookie-fayllar bilan biz veb-sayt yoki boshqa ilovalardan foydalanishingiz, jumladan, bir marta kirish (seans cookie-fayli yordamida) yoki bir necha marta kirishni (doimiy cookie-fayl yordamida) qayd qilish haqidagi axborotlarni olishimiz mumkin.

  • Reklama cookie-fayllari: Internetga asoslangan reklama. Biz cookie-fayllar bilan onlayn harakatlaringiz haqidagi axborotlarni olishimiz, qiziqishlaringizni bilib olishimiz va sizga yuqori aloqador reklamalarni taqdim etishimiz mumkin.

Oʻz xohishlaringizga qarab cookie-fayllarni boshqarish yoki oʻchirib tashlashingiz mumkin. Siz kompyuteringizda saqlanadigan barcha cookie-fayllarni tozalab tashlashingiz mumkin, aksariyat veb-brauzerlar cookie-fayllarni bloklash variantini taqdim etadi. Brauzer sozlamalarini qanday oʻzgartirish tafsilotlari uchun brauzer provayderiga murojaat qiling.

Agar cookie-fayllarni tozalab tashlasangiz, har safar veb-saytlarimizga kirganingizda sozlamalaringizni o‘zgartirishingiz kerak boʻladi. Unutmang, ayrim xizmatlarimiz cookie-fayllardan foydalanishni talab qilishi mumkin. Bu holatda cookie-fayllarni faolsizlantirish taqdim etiladigan xizmatlarning barchasiga yoki bir qisimiga taʼsir qilishi mumkin.

Cookie-fayllarga qoʻshimcha ravishda, biz veb-saytlarimizda veb-mayoqlar va pikselli teglar kabi boshqa oʻxshash texnologiyalardan foydalanishimiz ham mumkin. Veb-mayoq – bu odatda veb-sayt yoki emailga kirganingizda qurilmangizdagi cookie-fayllarni aniqlash uchun veb-sayt yoki emailga joylashtirilgan elektron tasvirdir. Pikselli teglar bizga sizga emaillarni oʻqisa boʻladigan usulda yuborish va email ochilgan yoki ochilmaganligini bilish imkonini beradi.

Biz va tashqi hamkorlarimiz bunday texnologiyalardan turli maqsadlarda, jumladan, xizmatdan foydalanishni tahlil qilish (cookie-fayllar bilan birgalikda) hamda sizga yanada qoniqarli kontent va reklamalarni taqdim etish uchun foydalanamiz. Masalan, sizga biz tomonimizdan yuboriladigan email veb-saytimizga havola beruvchi ustiga bosiladigan URL manzilni oʻz ichiga olishi mumkin. Agar URL manzilni bossangiz, biz mahsulot va xizmatlar boʻyicha siz afzal koʻrgan jihatlarni tushunishimizga yordam berishi hamda mijozlarga xizmatlarni yaxshilash uchun tashrifingizni kuzatamiz.

Aksariyat veb-brauzerlar veb-saytlarga Kuzatilmasin soʻrovlarini yuborishi mumkin boʻlgan Kuzatilmasin funksiyasini taqdim etadi. Internet standartlashtirish tizimining yirik tashkilotlari veb-saytlar ushbu talablarga qanday javob berish kerakligini aniqlash bo‘yicha tartib-qoidalar o‘rnatmagan.

Hozirda biz Kuzatilmasin sozlamalari yoki siz tanlagan boshqa oʻxshash funksiyalarga asosan cookie-fayllarni qayta ishlash usullarini oʻzgartirishingizga ruxsat bermaymiz.

3 Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizga qanday ishonadi, ulashadi, oʻtkazadi va oshkor qiladi

1. Ishonib topshirish

Ayrim holatlarda biz boshqa kompaniyalarga shaxsiy maʼlumotlaringizni bizning nomimizdan qayta ishlashini ishonib topshirishimiz mumkin. Masalan, biz boshqa kompaniyaga tezkor raqam yordam xizmati, emaillar yuborish va texnik yordam koʻrsatishni ishonib topshirishimiz mumkin. Bunday kompaniyalar faqat xizmatlarni bizning nomimizdan taqdim etish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishi mumkin.

Biz ishonib topshirgan tomon bilan qatʼiy ishonch kelishuvi yoki shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlarini tuzamiz. Ishonib topshirgan tomon tegishli shaxsiy ma’lumotlarni ushbu Bayonnoma va koʻrsatmalarimizga muvofiq qayta ishlash hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli maxfiylik va xavfsizlik choralarini koʻrish majburiyatini oladi.

2. Ulashilganlar

Ulashish deganda, shaxsiy maʼlumotlarni boshqa shaxsiy maʼlumotlar nazoratchilariga taqdim etish jarayonimiz tushuniladi hamda ikkala tomon ham maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari va usullarini mustaqil belgilashi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni quyidagi holatlardan tashqari tashqi tomonlarga ulashmaymiz:

  • Roziligingiz bilan ulashish: Roziligingizni olganimizdan keyin biz ruxsat berilgan shaxsiy ma’lumotlaringizni siz belgilagan uchinchi tomonlarga ulashamiz.

  • Qonun bilan oʻrnatilgan holatlarda ulashish: Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni qonunlar/normativ hujjatlar, nizolarni hal qilish talablari yoki maʼmuriy va sud organlarining qonuniy talablariga muvofiq ravishda ulashishimiz mumkin.

  • Filiallarimizga ulashish: Maʼlumotlaringiz filiallarimizga ulashilishi mumkin. Biz maʼlumotlaringizni filiallarimizga faqat muayyan, aniq va qonuniy maqsadlar uchun ulashamiz. Biz faqat xizmatlarni taqdim etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ulashamiz. Masalan, HUAWEI ID hisoblari qayta registratsiyasining oldini olish uchun biz registratsiya qilinadigan hisobning global miqyosda unikalligini tasdiqlashimiz kerak.

  • Biznes hamkorlarga ma’lumot ulashish: Sizga taqdim etiladigan xizmatlar sifatini taʼminlash uchun biz tashqi hamkorlarimizga buyurtma, hisob va joylashuvingiz haqidagi axborotni ulashishimiz mumkin. Lekin biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat qonuniy, mos, zarur, muayyan va aniq maqsadlar uchun ulashamiz. Hamkorlarimizga quyidagilar kiradi:

    Tashqi sotuvchi va ishlab chiquvchilar: Ayrim mahsulot yoki xizmatlarimizni uchinchi tomonlar sizga bevosita taqdim etadi. Bu holatda, biz siz xarid qilgan mahsulotlar yoki xizmatlar talablarini bajarish uchun tranzaksiyaga aloqador maʼlumotlarni uchinchi tomonlarga ulashamiz. Masalan, HUAWEI AppGallery ilovasida tashqi dasturchilardan mahsulotlarni xarid qilganingizda biz tranzaksiyani yakunlash uchun ularga zarur axborotlarni ulashamiz.

    Tovarlar yoki texnik xizmatlar provayderlari: Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni xususiyat va funksiyalarimizni dastaklaydigan uchinchi tomonlarga, jumladan, infratuzilma texnologiyasi xizmatlari, logistika va distributorlik xizmatlari, toʻlov xizmatlari va maʼlumotlarni qayta ishlash xizmatlariga ulashishimiz mumkin. Biz bunday maʼlumotlarni mahsulot va xizmatlarimizning funksionalligini amalga oshirish maqsadida ulashamiz. Masalan, biz buyurtma haqidagi axborotingizni yetkazib berishni tashkillashtirish uchun logistika xizmati provayderiga yoki buyurtmangiz raqami va xarid miqdorini toʻlov koʻrsatmalaringizni tasdiqlash va tranzaksiyani yakunlash uchun uchinchi tomon toʻlov agentligiga ulashamiz.

Biz ulashish xatti-harakatlari va shaxsiy maʼlumotlarni qabul qiluvchilar boʻyicha xavfsizlikni baholashni amalga oshiramiz va ulardan ushbu Bayonnomaga rioya qilishini va shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashda tegishli maxfiylik va xavfsizlik choralarini koʻrishini talab qilgan holda ular bilan maʼlumotlarni himoyalash kelishuvi yoki qatʼiy oshkor qilmaslik haqidagi kelishuvni imzolaymiz.

3. Oʻtkazish

Agar shaxsiy ma’lumotlar uzatish birlash va sotib olish, boʻlinish, tarqatib yuborish yoki bankrotlik tufayli yuzaga kelsa, biz qabul qiluvchilarning nomlari va aloqa axborotlarini koʻrsatish uchun oldindan bildirishnomalar yuboramiz va ulardan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganida ushbu Bayonnomaga amal qilishini talab qilamiz. Asl qayta ishlash maqsadi yoki usulini oʻzgartirishga urinadigan qabul qiluvchi qayta roziligingizni olishi kerak.

4. Ommaviy ravishda oshkor qilish

Shaxsiy maʼlumotlaringizni faqat quyidagi holatlarda ulashamiz:

  • Roziligingizni olganimizdan keyin;

  • Qonuniy yoki oqilona asoslarga muvofiq: Biz axborotlaringizni qonunchilik, huquqiy jarayonlar, sud ishi yoki jamoat va hukumat organlari tomonidan talab qilinganida oshkor qilishimiz mumkin.

4 Huawei shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday himoya qiladi

Shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligi biz uchun muhim. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ruxsatsiz kirish/oshkor qilish/ishlatish/oʻzgartirish, zarar yetkazish yoki yoʻqotishdan himoyalash uchun standart soha amaliyotlarini tatbiq qilganmiz. Shu maqsadda quyidagi choralarni koʻramiz:

  • Biz olinadigan shaxsiy maʼlumotlar ularni qayta ishlash maqsadlari uchun zarur boʻlgan miqdorda minimal va aloqador boʻlishini taʼminlash uchun barcha asosli va mumkin boʻlgan choralarni koʻramiz. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni ushbu Bayonnomada bayon qilingan maqsadlar uchun zarur muddatgacha saqlaymiz. Saqlash muddatini uzaytirish qonun tomonidan talab qilingan yoki taqiqlangan holatlar bundan mustasno.

  • Biz maʼlumotlarni uzatish va saqlash maxfiyligini taʼminlash hamda maʼlumotlar va maʼlumotlarni saqlash serverlarini hujumlardan himoyalash maqsadida ishonchli himoya mexanizmlarini joriy qilish uchun kriptografik texnologiyalardan foydalanamiz.

  • Biz shaxsiy maʼlumotlaringizga faqat ruxsat etilgan shaxslar kirishini taʼminlash uchun kirish nazorati mexanizmlaridan foydalanamiz. Bundan tashqari, biz xizmat koʻrsatish talablari va shaxsiy darajalarga asoslangan holda maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat etilgan xodimlarning sonini cheklaymiz va ierarxik ruxsat berishni amalga oshiramiz. Shaxsiy maʼlumotlarga kirish muntazam ravishda qayd qilinadi va vakolatli xodimlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

  • Biz biznes hamkorlar va xizmat provayderlarini diqqat bilan tanlaymiz hamda shaxsiy maʼlumotlarni himoyalash talablarini tijorat shartnomalari, auditorlik tekshiruvlari va baholash faoliyatlariga kiritamiz.

  • Biz xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish yuzasidan xabardorligini oshirish maqsadida xavfsizlik va maxfiylik muhofazasi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari, testlar va reklama tadbirlarini tashkillashtiramiz.

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni himoyalashga qatʼiy ahd qilganmiz. Shunga qaramay, hech qanday xavfsizlik chorasi mukammal hisoblanmaydi va hech qanday mahsulot, xizmat, veb-sayt, maʼlumotlarni uzatish, kompyuter tizimi yoki tarmoq aloqasi mutlaqo xavfsiz boʻlmaydi.

Biz shaxsiy maʼlumotlarning oshkor etilishi, shikastlanishi va yoʻqotilishi kabi ehtimoliy xatarlarga javob sifatida bir nechta mexanizm va nazorat choralarini ishlab chiqqanmiz, xavfsizlikka oid holatlar va zaifliklar standartlari, shuningdek, tegishli ishlov berish tartiblarini aniq belgilab olganmiz hamda alohida Xavfsizlik yuzasidan maslahatlar va xavfsizlik eslatmasi sahifasini yaratganmiz. Biz favqulodda holatlarda xavfsizlik harakati rejalari, yoʻqotishlarni kamaytirish, tahlil, joylashtirish hamda tuzatishlarni amalga oshirish va xavfsizlik tizimidagi muammoli holatlarni bartaraf etish qoidalari va talablariga muvofiq tegishli boʻlinmalar bilan qayta kuzatuv/ qarshilik amaliyotlarini amalga oshirish uchun maxsus favqulodda holatlarda xavfsizlik guruhini ham tashkil qilganmiz.

Shaxsiy maʼlumotlaringiz yuzasidan xavfsizlik muammosi yuzaga kelsa, biz mahalliy qonuniy talablarga muvofiq oʻsha muammoli vaziyat va uning ehtimoliy taʼsiri, biz koʻrgan yoki koʻradigan choralar, faol himoyalanish va xavfni kamaytirish boʻyicha takliflar va uni bartaraf qilish tadbirlari haqida sizga bildirgi beramiz. Bu bildirishnoma elektron pochta orqali xabar, matnli xabar, majburiy bildirishnomalar va boshqa shaklida bo‘lishi mumkin. Axborot subyektini alohida xabardor qilish qiyin boʻlganida, biz Xavfsizlik eslatmasi chiqarish uchun tegishli va samarali choralarni ko‘ramiz. Bundan tashqari, biz, vakolatli organlar talabiga asosan shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi boʻyicha muammoli vaziyatning nazorat holati haqida ham xabar beramiz.

5 Shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday boshqarishingiz mumkin

1. Kirish, tuzatish va oʻchirish kabi shaxsiy ma’lumotlar kabi shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlari

Biz mahsulot va xizmatlarni taqdim etadigan muayyan mamlakatlar va mintaqalarda qonunchilik maʼlumotlar subyektlarining shaxsiy maʼlumotlarga kirish, tuzatish va oʻchirish hamda shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni cheklash huquqiga ega ekanligini belgilaydi. Mahalliy qonunlarga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlar subyektlari yoki ularning agentlari bizga maʼlumotlar subyektlarining huquqlaridan (“soʻrovlar” deb yuritiladi) foydalanish uchun soʻrovlar yuborishi mumkin.

(1) Soʻrov yuborish usullari va kanallari

Axborot subyektlarining soʻrovlari yozma shaklda yuborilishi kerak. Agar soʻrovchi tegishli so‘rovlarni asoslovchi qonunlarni koʻrsatmagan hollarda ham bunday soʻrovlar teng ravishda haqiqiy hisoblanadi. Umuman, ogʻzaki soʻrovlar yaroqli emas. Mahalliy qonunlarda ruxsat berilgan holatlar bundan mustasno.

Axborot subyekti so‘rovlarini Huawei Consumer BG rasmiy veb-sayti, My HUAWEI ilovasi yoki HUAWEI ID Maxfiylik markazi orqali yuborish mumkin. Agar axborot subyekti ishonch telefoni, email, onlayn mijozlarga xizmat, servis markazi yoki boshqa kanallar orqali soʻrov yuborsa, biz aloqa jarayoni va natija bildirgisini osonlashtirish uchun axborot subyektiga yuqorida qayd etilgan kanallardan biri orqali soʻrovni rasman amalga oshirishga koʻrsatma beramiz. Biz ularning qonuniy manfaatlarini himoyalash, biznes amaliyotlarimizni taʼminlash va huquqlarining suiisteʼmol qilinishi yoki firibgarlik yoʻli bilan ishlatilishining oldini olish uchun maxsus kanallarni tashkil qilganmiz.

(2) Soʻrovlarning yaroqliligi

Qonunlar asosan soʻrov amalga oshirilganida maʼlumot subyektlarining muayyan talablarga amal qilishini talab qiladi. Bu Bayonnoma axborot subyektlaridan quyidagilarni talab qiladi:

  • Maxsus so‘rov kanallari orqali so‘rovlarni yuborish (xususan, Huawei Consumer BG rasmiy veb-sayti, My HUAWEI ilovasi yoki HUAWEI ID Maxfiylik markazi).

  • Ularning shaxsini aniqlash uchun Huawei kompaniyasiga yetarli ma’lumotni taqdim eting (ma’lumotlar subyektlari bo‘yicha so‘rovlarni amalga oshirgan shaxslarga o‘ziga yoki ularning vakillariga berilishiga ishonch hosil qilish uchun).

  • Ularning talablari muayyan va amaliy ekanligiga ishonch hosil qiling.

(3) Soʻrovlarni qayta ishlash muddati

Shaxsiy maʼlumotlarga kirish soʻrovi olinganidan keyin bir oy ichida javob berish uchun barcha choralarni koʻramiz. Bu muddat soʻrovlar soni va ularning murakkabligiga qarab zarur boʻlsa, uzaytirilishi mumkin. Agar soʻrov muddati uzaytirilishi kerak boʻlsa, biz axborot subyektiga kechikish holati va sababini xabar qilamiz. Bu boʻlim va mahalliy qonunlar/normativ hujjatlar orasida vaqt ziddiyati boʻlsa, ikkinchisi ustun hisoblanadi.

(4) Soʻrov natijalari

Soʻrov yuborilganidan keyin quyidagilar yuz berishi mumkin:

a. Soʻrov rad etiladi.

Axborot subyektlaridan soʻrovlar quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda:

  • Mahalliy qonunchilik axborot subyektlariga tegishli huquqlarni bermaydi;

  • Soʻrovchining shaxsini tasdiqlash imkonsiz;

  • Soʻrovni tasdiqlash imkonsiz yoki qamrov doirasidan chiqadi, ayniqsa, soʻrov takroran yuborilganida;

  • Talab qilingan axborot davom etayotgan nizo natijasidagi biz toʻlaydigan yoki oladigan badallarga aloqador boʻlganida hamda bunday axborotlarni oshkor qilish manfaatlarimizga zarar yetkazishi mumkin boʻlganida;

  • Saqlanadigan axborotlardan faqat statistika va tadqiqot maqsadlarida foydalanilsa hamda statistika va tadqiqot natijalari nashr qilinganida shaxsiy maʼlumotlar oshkor qilinmasa;

  • Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlar.

Agar axborot subyekti soʻrovini rad etsak, soʻrovchiga rasmiy tushuntirish taqdim etamiz.

b. Soʻrov qabul qilinadi.

Agar (1) bandidagi holatlarning hech biri yuz bermasa, biz axborot subyektining soʻrovini bajaramiz. Soʻrov qabul qilinishi ehtimolini oshish uchun soʻrovingizni yuborayotganda iloji boricha batafsil axborotlarni, masalan, soʻrov turi, muayyan kontent, axborot egasi haqidagi axborotlar (masalan, mahsulot va xizmatlarimiz uchun siz foydalanadigan hisob ismi) va axborotlar ishlab chiqilgan yoki qayta ishlangan vaqt oraligʻi (qisqa vaqt oraligʻidagi soʻrovlarning qabul qilinish ehtimoli yuqori boʻladi).

(5) Maxsus eslatma

  • Boshqalarning shaxsiy maʼlumotlariga faqat qonuniy vasiylar yoki qonuniy vakolatga ega boʻlgan shaxslar kirish huquqiga ega.

  • Aksariyat qonunlar/normativ hujjatlar tashkilot maʼlumotlarni axborot subyektlariga taqdim etmasligi mumkin boʻlgan holatlarni belgilaydi. Bu holatlarga maʼlumotlarni taqdim etish terrorizmga qarshi olib borilayotgan saʼy-harakatlarga putur yetkazishi mumkin boʻlgan holatlar, axborot subyekti takroriy soʻrovlar yuborishi yoki bunday axborotlar olinganida va taqdim etilganida, nomutanosib resurslar sarflanishi mumkin boʻlgan holatlar kiradi.

  • Odatda biz quyidagi axborotlarni taqdim etmaymiz:

  • Boshqalar haqidagi axborotlar: Axborot subyektlaridan soʻrovlar axborot subyektidan tashqari boshqa shaxslarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Tegishli shaxslar ruxsat bermasa, bunday axborotlarni taqdim etmaymiz.

  • Takroriy soʻrovlar: Agar axborot subyekti bir xil axborot subyektiga aloqador bir xil yoki oʻxshash soʻrovni bir necha marta amalga oshirsa hamda oxirgi marta maʼlumotlarni taqdim etganimizdan buyon maʼlumotlar oʻzgarmagan boʻlsa, biz aksariyat holatlarda maʼlumotlar nusxasini taqdim etmaymiz. Shu bilan birga, biz omma uchun ochiq boʻlgan axborotlarni taqdim etish majburiyatiga ega emasmiz.

  • Maxfiy fikrlar: Agar talab qilingan axborot maxfiy fikr boʻlsa, bunday axborotni taqdim etish majburiyatiga ega emasmiz.

  • Maxsus hujjatlar: Biz shaxsiy maʼlumotlaringizga kirish soʻroviga javoban hech qanday maxsus axborotni oshkor qilmaymiz. Odatda maxsus axborotlarga har qanday maxfiy hujjat (advokat/mijoz muloqoti kabi) va tegishli yuridik xulosani oladigan yoki bildiradigan axborot (sudning oʻziga aloqadorligi yoki sudda ishni koʻrish jarayonidagi axborotga aloqadorligidan qatʼi nazar) kiradi.

2. Rozilikni bekor qilish

Agar amaldagi qonunlarda ruxsat berilsa, biz roziligingizga asosan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaganimizda roziligingizni istalgan paytda bekor qilish huquqiga egasiz. Lekin rozilikni bekor qilish bekor qilishdan oldin roziligingizga asosan shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashning qonuniyligi va samaradorligiga yoki roziligingizdan tashqari boshqa asoslarga asosan har qanday maʼlumotlarni qayta ishlashga taʼsir qilmaydi.

Muayyan mahsulot yoki xizmat uchun roziligingizni qanday bekor qilish tafsilotlari uchun Mahsulot maxfiylik eslatmasi bilan tanishing.

6 Huawei voyaga yetmaganlar shaxsiy maʼlumotlarini qanday qayta ishlaydi

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy maʼlumotlarini himoyalashga katta ahamiyat beramiz. Biz milliy qonunlar/normativ hujjatlarga qatʼiy muvofiq voyaga yetmaganlar uchun xizmatlar va himoyani taqdim etamiz. Shuningdek, ota-ona yoki boshqa vasiylar voyaga yetmagan farzandlarini himoyalash uchun tegishli choralarni koʻrishi, jumladan, ularning mahsulotlar yoki xizmatlardan foydalanishini nazorat qilishi lozim.

Biz 14 yoshdan (yoki mahalliy qonunlarda belgilangan yoshdan) kichik har qanday shaxsni bola deb hisoblaymiz. Bolalarga o‘zlarining ota-onalari yoki boshqa vasiylari roziligisiz HUAWEI ID hisoblarini yaratish uchun ruxsat berilmagan. Biz qonunlar/normativ hujjatlarga muvofiq, bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini ishonib topshiriladigan qayta ishlash, ulashish, uzatish va ommaviy ravishda oshkor qilishni qatʼiy taqiqlaymiz. Agar vasiy istalgan paytda vasiyligi ostidagi shaxsning shaxsiy ma’lumotlariga kirishi, tuzatishi yoki oʻchirishi zarur boʻlsa, bizga 10-bob “Bizga qanday murojaat qilinadi” bobiga muvofiq murojaat qiling. Agar tasdiqlangan ota-onalar yoki boshqa vasiylarning oldindan roziligini olmasdan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini olganimizni aniqlasak, biz maʼlumotlarni iloji boricha tezroq oʻchirib tashlaymiz.

7 Tashqi veb-sayt, mahsulot va xizmatlarga havolalar

Ravon foydalanuvchi taassurotini taʼminlash uchun Huawei veb-saytlari, ilovalari, mahsulotlari va xizmatlari tarkibida tashqi veb-saytlar, mahsulotlar va xizmatlarga havolalar boʻlishi mumkin. Huawei mahsulot va xizmatlari HUAWEI AppGallery ilovasidan mavjud boʻlgan tashqi ilovalar kabi uchinchi tomon mahsulot yoki xizmatlaridan foydalanishi yoki ularni taqdim etishi ham mumkin. Huawei tashqi veb-saytlar, mahsulotlar va xizmatlarni nazorat qilmaydi, lekin ushbu havolalarga kirish yoki kirmaslikni tanlashingiz mumkin.

Shuningdek, Huawei uchinchi tomonlar ushbu Bayonnomaga aloqador emasligi sababli ularning maxfiyligi yoki maʼlumotlarni himoyalash siyosati ustidan nazorat qilmaydi. Shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi tomonlarga yuborishdan oldin ularning maxfiylik yoki axborot muhofazasi siyosatlari bilan tanishing.

8 Shaxsiy ma’lumotlaringiz qanday global oʻtkaziladi

Huawei transmilliy kompaniya hisoblanadi. Shunday sababdan biz oladigan shaxsiy maʼlumotlar siz mahsulot yoki xizmatlarimizdan foydalanadigan mamlakatlar yoki mintaqalarda yoki biz yoki filiallarimiz, shuʼba korxonalarimiz, xizmat provayderlarimiz yoki biznes hamkorlarimiz joylashgan boshqa mamlakatlar yoki mintaqalarda qayta ishlanishi yoki ularga kirilishi mumkin. Bunday mamlakatlar/mintaqalar turli maʼlumotlarni himoyalash qonunlariga ega boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda Huawei maʼlumotlar ushbu Bayonnoma va amaldagi qonunlarda talab qilinganidek qayta ishlanishini taʼminlash uchun choralar koʻradi.

Xitoy Xalq Respublikasidagi amaliyotlarimiz davomida olingan va yaratilgan shaxsiy ma’lumotlar Xitoyda saqlanadi. Agar muayyan mahsulotlar/xizmatlar shaxsiy maʼlumotlarning transchegaraviy uzatilishini nazarda tutsa, biz qonuniy majburiyatlarni bajargandan keyin (masalan, tartibga soluvchi xavfsizlikni baholashdan oʻtgandan keyin) Xitoydan tashqarida qabul qiluvchi tomonga shaxsiy maʼlumotlarni taqdim etamiz.

9 Bu bayonnomaga kiritiladigan yangilanishlar

Huawei ushbu Bayonnomani istalgan vaqtda yangilash huquqini oʻzida saqlab qoladi. Bu Bayonnoma vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Oxirgi versiya uchun rasmiy veb-saytimizga (http://consumer.huawei.com) kiring. Agar ushbu Bayonnomaga jiddiy oʻzgarishlar kiritilsa, biz sizga turli kanallar, masalan, veb-saytimizda eslatma joylash yoki sizga bevosita bildirishnoma yuborish orqali xabar berishimiz mumkin.

10 Bizga qanday murojaat qilinadi

Bizda shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘limi (yoki mutaxassislar) mavjud. Agar biror savol, fikr-mulohaza , yoki takliflaringiz boʻlsa, mijozlarga yordam onlayn xizmati Maxfiylik masalalari sahifasi yoki global ofislarimiz orqali bizga murojaat qiling. Filiallarimiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun Huawei bilan aloqa sahifasiga kiring.

Umuman, uch ish kuni ichida dastlabki javobni beramiz va qonunlar/normativ hujjatlarda belgilangan vaqt muddati ichida savollaringizga javob beramiz. Agar javobimizdan qoniqmasangiz, ayniqsa, agar shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimiz qonuniy huquq va manfaatlaringizni buzgan deb hisoblasangiz, shikoyatlar yuborishingiz yoki mahalliy maxfiylikni himoyalash organlariga xabar berishingiz mumkin.

Eslatma: Mahalliy qonunlar va tillardagi farqlar tufayli Huawei Consumer Business maxfiylik bayonnomasining mahalliy versiyalari ushbu versiyadan farq qilishi mumkin. Biror ixtilof yuzaga kelsa, mahalliy versiyalar ustunlikka ega boʻladi.

© Huawei Device Co., Ltd. 2023. Barcha huquqlar himoyalangan.

Oxirgi yangilanish: 2023-yil, Dekabr.