Terms of Use

HUQUQIY
Huawei Consumer Business rasmiy veb-sayti foydalanish shartlari
Foydalanish shartlari

Mazkur Foydalanish shartlari HUAWEI Consumer veb-saytiga tatbiq qilinadi (/uz/). Bu veb-saytga kirish orqali siz quyidagi shartlarni qabul qilganingizni bildirasiz. Bu yerdagi shartlarning istalgan birini tushunmasangiz yoki qabul qilmasangiz, bu saytdan foydalanishni toʻxtatishingiz kerak.

Qonun tomonidan ruxsat berilgan darajada, HUAWEI istalgan payt ushbu Foydalanish shartlarini ogohlantirishsiz oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Siz ushbu Foydalanish shartlariga kiritiladigan oʻzgarishlarni muntazam ravishda tekshirish uchun javobgarsiz. Bunday oʻzgarishlar qilinganidan keyin saytdan foydalanishda davom etishingiz sizning yuqoridagi oʻzgarishlarni qabul qilganingizni bildiradi.

Veb-sayt haqida maʼlumot va tushuntirish

HUAWEI ushbu veb-saytni uning Xitoy Xalq Respublikasi, Guangdong provinsiyasidagi shtab-kvartirasidan yuritadi va boshqaradi. Bu veb-saytga dunyoning istalgan joyidan kirish mumkin boʻlsa-da, ushbu veb-sayt orqali yoki unda muhokama qilingan, eslatilgan, yetkazib berilgan hamda taqdim qilingan funksiya, mahsulot va xizmatlar mamlakat yoki mintaqaga qarab farq qilishi mumkin.

Bu veb-saytga Xitoy tashqarisidagi davlat yoki hududlardan kirishni tanlasangiz, siz buni oʻz xohishingiz bilan amalga oshirasiz va veb-saytimizdan faqat mahalliy qonunlarga muvofiq ravishda foydalanasiz.

Veb-sayt kontenti

Barcha matn, rasm, musiqa, video, animatsiya, savdo belgisi, namuna, grafik, vizual interfeyslar va kodlar (bundan keyin Kontent deb yuritiladi), jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda gʻoyalar, dizayn, tuzilma, ifoda hamda yuqoridagi Kontentning ekranga chiqarilishi uchun HUAWEI kompaniyasiga qonuniy egalik qilish, nazorat qilish yoki qonuniy ravishda foydalanish vakolati berilgan. Agar mazkur Foydalanish shartlarida buning aksi keltirilmagan boʻlsa, siz HUAWEI kompaniyasining oldindan berilgan roziligisiz ushbu veb-saytdagi Kontentdan hech qanday tijoriy maqsadlarda va hech qanday shaklda foydalana olmaysiz.

Siz ushbu veb-saytdagi HUAWEI mahsulot va xizmatlariga oid axborotlarni quyidagi hollarda yuklab olishingiz mumkin:

1. Yuqorida aytilgan axborotlardan tijoriy maqsadlarda emas, faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanilganda.

2. Yuqorida aytilgan axborotlarga hech qanday shaklda oʻzgartirish kiritilmaganida.

3. Yuqorida aytilgan axborotlar yoki yuqorida aytilgan axborotlarni oʼz ichiga olgan hujjatlar uchun kelgusida hech qanday qoʼshimcha bayonnoma va kafolatlar berilmaganida.

4. HUAWEI kompaniyasining yuqorida aytilgan axborotlarga nisbatan egalik huquqi hamda boshqa qonuniy huquq va manfaatlarini bildiruvchi hech qanday bayonnmoma va/yoki bildirishnomalar qisman yoki butunlay olib tashlanmaganida.

Foydalanish standartlari

Bu veb-sayt va uning Kontentidan noqonuniy yoki ushbu foydalanish shartlariga zid har qanday usulda foydalanish taqiqlanadi, shuningdek, ulardan boshqa shaxs va tashkilotlarning qonuniy huquq va manfaatlariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.

Bu veb-sayt yoki Kontentining istalgan qismiga kirish, ularni olish, nusxa olish yoki kuzatish uchun hech qanday shakldagi qurilma, dastur yoki algoritm, jumladan, indeksator, robot, tashqi havola hamda sahifa indeksatorlari yoxud shu turdagi har qanday dasturiy vositalardan foydalanmaysiz. Shuningdek, ushbu veb-sayt orqali taqdim qilinmagan boshqa usullarda undagi material, hujjat yoki axborotlarga kirish, olish yoki nusxa olishga urinmaysiz.

Bu veb-sayt, uning Kontenti yoki xizmatlariga ruxsatsiz kirish uchun unga noqonuniy usulda kirish, koddan ochish yoki shu kabi boshqa noqonuniy usullardan foydalanmaysiz. Bu veb-saytdagi mijozlarga tegishli hech qanday axborot, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, boshqa foydalanuvchilar HUAWEI ID axborotlarini kuzatish, teskari qidirish, shifr yoki koddan chiqarishga urinmaysiz.

Bu veb-saytda ishlatilgan yoki unga biriktirilgan hech qanday xavfsizlik mexanizmi yoki autentifikatsiya usullarini buzmaysiz. Mazkur veb-sayt yoki unga biriktirilgan veb-saytlardagi tarmoq zaifliklarini qidirmaysiz, tekshirmaysiz yoki boshqa usullarda tekshirmaysiz yoxud har qanday shaklda ularga hujum qilmaysiz.

Biror qurilma, dastur yoki programma yordamida ushbu veb-saytning muntazam ravishda ishlashiga yoki unda amalga oshiriladigan tranzaksiyalarga yoxud boshqalarning ushbu veb-saytdan foydalanishiga aralashmaslikka yoki aralashishga urinmaslikka rozilik berasiz. Bu veb-sayt infratuzilmasi, tizimi yoki tarmogʻida yoki ushbu veb-saytga aloqador boshqa tizim yoki tarmoqlarda asossiz yoki nomutanosib maʼlumotlarni saqlashga harakat qilmaysiz.

Hisob, parol va xavfsizlik

Bu veb-saytdagi muayyan funksiya va xizmatlardan foydalanish uchun HUAWEI ID hisobini registratsiya qilish yoki HUAWEI ID hisobiga kirishingiz talab qilinishi mumkin. Siz hisobingiz maʼlumotlari, jumladan, parolingiz maxfiyligini himoyalash uchun javobgarlikni toʻliq zimmangizga olasiz. Siz yuqorida aytilgan axborotlarning xavfsizlik va maxfiyligini taʼminlay olmaganingiz hollarida, hisobingizda yoki unga qarshi amalga oshirilgan har qanday va barcha xatti-harakatlar uchun javobgarlikni toʻliq zimmangizga olasiz.

Agar hisobingizda turli nosozliklar yoki noodatiy holatlar yuzaga kelgani, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, parolning oʻzgargani yoki hisobga begonalarning kirgani yoki foydalanilganini sezsangiz, bu haqida HUAWEI kompaniyasiga darhol xabar berishingiz kerak. Agar hisob axborotingiz maxfiyligini taʼminlay olmaganingiz oqibatida undan boshqalar foydalansa, bu kelgusida HUAWEI yoki ushbu veb-saytning boshqa foydalanuvchilariga zarar yetkazishi hamda siz bunday zararlar uchun javobgarlikka tortilishingiz mumkin.

Hech qachon hisob egasining ochiq berilgan roziligisiz boshqa HUAWEI ID hisobidan foydalanmang. Agar ushbu moddaga amal qilmasligingiz shaxsiy zararga yoki boshqalarga zarar yetishiga olib kelsa, HUAWEI bunday zararlar uchun javobgar hisoblanmaydi.

Tashqi havolalar

Bu veb-saytda mustaqil tashqi veb-saytlarga havolalar berilishi mumkin. Bunday havolalar faqat ushbu veb-sayt foydalanuvchilarining qulayligi uchun taqdim etiladi. HUAWEI ushbu havolasi berilgan veb-saytlardagi Kontent, xizmat va axborotlar uchun hech qanday ochiq yoki nazarda tutilgan kafolatlarni bermaydi yoxud bunday havolalar HUAWEI tomonidan tavsiya qilingan yoki ruxsat berilgan, deb hisoblanmasligi kerak. Havolasi berilgan ushbu veb-saytlarga kirish mutlaqo oʻz ixtiyoringizdadir, HUAWEI bunday xatti-harakatlar oqibati uchun hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Maxfiylik

Bu veb-sayt HUAWEI maxfiylik siyosati bilan boshqariladi, uning tafsilotlari bilan tanishish uchun ushbu veb-sayt sahifalarining quyi qismidagi panelda “Maxfiylik siyosati” havolasiga bosing.

Aytish kerakki, tarmoq havolasi hamda siz va ushbu veb-sayt orasida uzatilgan axborotlar mutlaqo xavfsiz yoki maxfiy emas, siz ushbu veb-saytga yuborgan maʼlumotlarni boshqalar olishi ham mumkin. HUAWEI tarmoq havolasi hamda siz va ushbu veb-sayt orasida uzatilgan maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligini kafolatlay olmaydi.

Huquqlarni saqlab qolish

HUAWEI quyidagilarni istalgan payt hech qanday ogohlantirishsiz amalga oshirish huquqini oʻzida saqlab qoladi:

1. Mazkur veb-saytning ishlashi yoki unga kirishni istalgan payt, sababidan qatʼi nazar butunlay yoki qisman toʻxtatish.

2. Bu veb-sayt Kontenti, shuningdek, tegishli siyosat, shart yoki qoidalarni tuzatish yoxud butunlay yoki qisman oʻzgartirish.

3. Profilaktika, xatolarni tuzatish yoki boshqa shunday oʻzgarishlarni amalga oshirish maqsadlari uchun muntazam yoki nomuntazam ravishda veb-sayt faoliyatini butunlay yoki qisman toʻxtatish.

Majburiyatdan voz kechish

HUAWEI USHBU VEB-SAYT YOKI UNDAGI KONTENTNING MAVJUDLIGI, MUNTAZAMLIGI VA FOYDALANISH UCHUN YAROQLILIGINI KAFOLATLAMAYDI. BU VEB-SAYT VA UNDAGI KONTENT “QANDAY BOʻLSA SHUNDAY” PRINSIPI ASOSIDA TAQDIM ETILADI. SIZ, FOYDALANUVCHI SIFATIDA, USHBU VEB-SAYT VA UNGA BOGʻLANGAN HAR QANDAY VEB-SAYTLARDAN FOYDALANISH MASʼULIYATINI ZIMMANGIZGA OLASIZ. BU VEB-SAYT VA UNING QISMLARIDAN FOYDALANISH SIZNI BUTUNLAY YOKI QISMAN QONIQTIRMASA, YAGONA HUQUQIY CHORANGIZ USHBU VEB-SAYT VA UNING QISMLARIDAN BUTUNLAY YOKI QISMAN FOYDALANMASLIKDIR, CHUNKI HUQUQIY HIMOYA CHORALARINING CHEKLANISHI MAZKUR VEB-SAYTDAN FOYDALANISH YUZASIDAN HUAWEI BILAN KELISHUVINGIZNING BIR QISMINI TASHKIL QILADI.

MAHSULOT TURLARI VA MAVJUD XIZMATLAR HAQIDA USHBU VEB-SAYTDA NASHR QILINGAN AXBOROTLAR, JUMLADAN, LEKIN BULAR BILAN CHEKLANMAGAN HOLDA, MAHSULOT FUNKSIYALARI, TUZILISHI, PARAMETRLARI, TEXNIK STANDARTLARI VA XIZMAT KONTENTI MAMLAKAT YOKI MINTAQAGA QARAB FARQ QILISHI MUMKIN. MAHSULOTLAR FUNKSIYALARI, TUZILISHI, PARAMETRLARI, TEXNIK STANDARTLARI ULARNI ISHLAB CHIQARISH VA YETKAZIB BERISH JARAYONINING ISTALGAN BOSQICHIDA OʻZGARTIRILISHI MUMKIN HAMDA HUAWEI TEGISHLI AXBOROTLARNI TUZATISHIGA BIROZ VAQT KETISHI MUMKIN. SHU SABABDAN, MAHSULOT VA USHBU VEB-SAYTDA SIZ KOʻRGAN XIZMAT AXBOROTI HAMDA BOZORINGIZDAGI SIZ XARID QILGAN MAHSULOT YOKI MAHSULOTLAR ORASIDA FARQ BOʻLISHI MUMKIN. HUAWEI USHBU VEB-SAYTDAGI KONTENTNING TOʻGʻRILIGI, MUKAMMALLIGI YOKI ISHONCHLILIGINI KAFOLATLAMAYDI.

Javobgarliklarni cheklash

Qonun bilan taqiqlangan holatlardan tashqari, har qanday holatda, hatto HUAWEI ehtimoliy xavf-xatarlardan allaqachon xabardor boʻlgan boʻlsa ham, HUAWEI barcha bevosita, bilvosita, tasodifiy, kutilmagan, ushbu veb-saytdan foydalanish natijasidagi, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, foydaning yoʻqotilishi oqibatidagi jazo tariqasidagi zararlar uchun hech qanday javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

Agar ushbu veb-saytdan foydalanishingiz biror zarar yoki yoʻqotishga olib kelsa, HUAWEI va hamkorlari zimmasiga oladigan toʻliq va maksimal javobgarlik miqdori umumiy obuna toʻlovi yoki siz ushbu veb-saytda foydalanadigan funksiya va xizmatlarga oid shunday toʻlovlar miqdoridan oshmaydi.

Ayrim huquqiy yurisdiksiyalarda javobgarlikni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shu sababdan, yuqoridagi cheklovlar sizga nisbatan tatbiq etilmasligi mumkin.

Badal

Bu veb-saytdan foydalanishingiz natijasida kelib chiqqan yoki unga aloqador ravishda HUAWEI kompaniyasiga qilingan har qanday uchinchi tomon daʼvosi, yoʻqotish, javobgarlik, taklif yoki xarajatlar (jumladan, advokat toʻlovlari) uchun HUAWEI, uning direktor, xodim, agent, hamkorlariga va boshqa litsenziyalangan shaxslarga badal toʻlashga rozilik berasiz.

Mustaqil huquqni himoya qilish vositalari

Mazkur Bayonnomadagi 10-modda “Javobgarliklarni cheklash” hamda 11-modda “Badal”, hatto ushbu moddalar va/yoki paragraflar maqsadga muvofiq bajarilmasa yoki ularning qonun bilan nazarda tutilganligi aniqlansa ham, mustaqil ravishda amal qiladi. Amaldagi tegishli qonunlar tomonidan ruxsat etilgan doirada, yoʻqotishning (1) shartnomaning buzilishi, (2) kafolatning buzilishi, (3) xatoliklar yoki huquqbuzarliklar, jumladan, eʼtiborsizlik va faktlarni buzib koʻrsatish, (4) qatʼiy javobgarlik, (5) yoki har qanday boshqa sabab oqibatida yuz berishidan qatʼi nazar, 10- va 11-moddalarda nazarda tutilgan javobgarlikni cheklashlar tatbiq etiladi

Fikr-mulohaza

Bu saytda bildirgan har qanday fikr-mulohazalaringiz maxfiy hisoblanmaydi. HUAWEI bu maʼlumotlardan hech qanday cheklovsiz, erkin foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Mazkur Foydalanish shartlarining buzilishi

Siz HUAWEI ushbu Foydalanish shartlari siz tomoningizdan buzilgan, deb hisoblagan hollarda HUAWEI sizning ushbu veb-saytga kirishingizni toʻxtatish va/yoki bloklash huquqini oʻzida saqlab qolishiga rozilik berasiz.

Agar ushbu Foydalanish shartlarini buzishingiz oqibatida HUAWEI ushbu veb-saytga kirishingizni taqiqlasa, HUAWEI siz yoki uchinchi tomon oldida javobgar hisoblanmaydi.

Siz HUAWEI kompaniyasining quyidagi sabablar, lekin bular bilan cheklanmagan holda, mustaqil ravishda, oldindan ogohlantirishsiz ushbu veb-sayt funksiyalaridan foydalanishingizni butunlay yoki qisman toʻxtatishiga rozilik berasiz:

(1) Huquqni himoya qilish organlari yoki boshqa davlat tashkilotlarining talablariga binoan.

(2) Sizning talabingizga binoan. (agar HUAWEI ID hisobingizni oʻchirib tashlashni talab qilsangiz, onlayn xarid funksiyalaridan foydalana olmasligingiz mumkin.)

(3) Mazkur veb-sayt yoki undagi xizmatlarning toʻxtatilishi yoxud ulardagi yirik oʻzgartirishlar.

(4) Kutilmagan texnik muammolar.

Amaldagi qonunlar va yurisdiksiya

Ushbu Kelishuvning tuzilishi, ijrosi va talqin qilinishi, shuningdek, unga doir nizolarning hal etilishi Xitoy Xalq Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xitoy Xalq Respublikasi, Shenzhen shahridagi Longgang tumani Mazkur Kelishuv imzolangan manzil qilib belgilanadi. Bu Kontent yoki ushbu Kelishuvning bajarilishiga doir nizolar yuzaga kelganida, har ikki tomon ham muammoni kelishuv asosida, maslahat yoʻli bilan hal qilishga intilishi kerak. Agar maslahat yoʻli bilan kelishuvga erishilmasa, har ikki tomon ham kelishuv imzolangan yurisdiksiyadagi sudga murojaat qilishi mumkin.

Boshqalar

Mazkur Foydalanish shartlari ushbu veb-saytdan foydalanishingiz yuzasidan siz va HUAWEI oʻrtasida tuzilgan toʻliq Kelishuv hisoblanadi hamda ular siz va HUAWEI oʻrtasida oldindan yozma yoki ogʻzaki shaklda tuzilgan kelishuvlarning oʻrnini bosadi. Siz va HUAWEI oʻrtasida tuzilgan boshqa shartnomalar shartlariga qaramasdan, HUAWEI ushbu Foydalanish shartlariga nisbatan hech qanday qarshi takliflarni qabul qilmaydi va bu bilan barcha qarshi takliflarni ochiq rad etadi.

Agar HUAWEI ushbu Foydalanish shartlariga qatʼiy rioya qilmasa yoki rioya qilishni talab qilmasa, bu HUAWEI kompaniyasining ushbu Foydalanish shartlarini bajarishga doir huquqlardan yoki ushbu Foydalanish shartlaridan voz kechishi sifatida baholanmasligi kerak. HUAWEI va siz yoki uchinchi tomon oʻrtasidagi hech qanday xatti-harakat mazkur Foydalanish shartlarining oʻzgartirilishi sifatida qabul qilinmasligi kerak.